Begmatova Dilnoza Muxtarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oilada yoshlarning kasbiy ijtimoiylashuvini ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlari», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).    
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped398.
Ilmiy rahbar: Maxmudova Muyassar Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05.
    Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Hasanova Kibriyo Hasanovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oilada yoshlarning kasbiy ijtimoiylashuvini ta’minlashning shart-sharoitlarini o‘rganish asosida oilaviy tarbiyaning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilaviy milliy tarbiyaning tashabbuskorlik funksiyasi mazmuni oilada yoshlarni kasbiy ijtimoiylashtirishning an’anaviy (mehnat tarbiyasi, ijtimoiy-foydali mehnat) va zamonaviy (oilaviy tadbirkorlik, biznesga o‘rgatish) ko‘rinishlarini mental-etnopedagogik xususiyatlarga (ustuvor yo‘nalishlari, shakllari, marosimlar, qadriyatlar) ko‘ra uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
kasbiy etuklikka erishishning akmeologik tuzilmasi kasbiy ijtimoiylashtirish omillariga (mega, makro, mezo, mikro) ta’sir etuvchi  o‘zbek oilalarining faktor tahlili bosqichlarini belgilash asosida takomillashtirilgan;
yoshlarni kasbni ongli tanlash, kasbiy qiziqish va ehtiyojlarni barqarorlashtirishga xizmat qiluvchi vitagen yondashuv elementlari (shaxsiy qobiliyatlari, hayotiy tajriba, voqelikni real baholashga o‘rgatish) oilada kasbiy ijtimoiylashtirishning ekzistensial bosim  mexanizmini korreksiyalash asosida takomillashtirilgan;
oilada yoshlar kasbiy ijtimoiylashuvini ta’minlashning pedagogik imkoniyatlari tuzilmasi o‘quvchi-yoshlar bilan ishlashning pedagogik ta’sirchanligini oshirishga yo‘naltirilgan mikrohudud monitoringini yuritish (“StreetWork”), ijtimoiy ishni tashkil etish (“FamilyWork”) texnologiyalari loyihalarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oilada yoshlarning kasbiy ijtimoiylashuvini ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlari bo‘yicha  olingan ilmiy natijalar asosida:  
oilaviy milliy tarbiyaning tashabbuskorlik funksiyasi mazmuni, oilada yoshlarni kasbiy ijtimoiylashtirishning an’anaviy va zamonaviy ko‘rinishlarini mental-etnopedagogik xususiyatlariga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325-son Farmoni ijrosi doirasida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining VIII¬ –X sinflarida o‘qitiladigan “Oila etikasi va psixologiyasi” o‘quv predmeti mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 29 maydagi 01-02/2-2-159-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv predmeti mazmuni yoshlarni zamonaviy kasblarni tanlashga yo‘naltirish bo‘yicha shaxsiy qarorlarining maqsadli, anglangan va turg‘un xarakterga aylanishi, zamonaviy yangi yondashuvlar negiziga qurilishiga xizmat qilgan;
kasbiy etuklikka erishishning akmeologik tuzilmasi, kasbiy ijtimoiylashtirish omillariga ta’sir etuvchi  o‘zbek oilalarining faktor tahlili bosqichlari, vitagen yondashuv elementlari, oilada kasbiy ijtimoiylashtirishning ekzistensial bosim  mexanizmini korreksiyalashga doir takliflari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Samarqand viloyat boshqarmasining 2018 yil 21 avgustdagi 8-sonli yig‘ilishida tasdiqlangan “Oila-millat iftixori, el-yurt tayanchi, kelajak poydevori” mavzusidagi chora-tadbirlar rejasining  2-, 9-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining 2018 yil 13 sentyabrdagi 562-son ma’lumotnomasi). Chora-tadbirlar doirasida o‘tkazilgan maxsus o‘quv seminarlari va trening dasturlari ota-onalarning pedagogik madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchilarda kasbiy ta’lim, uning strukturasi va kasb tanlashga oid shaxsiy-emotsional munosabatni shakllantirish imkon bergan;
oilada yoshlar kasbiy ijtimoiylashuvini ta’minlashning pedagogik imkoniyatlari tuzilmasi o‘quvchi-yoshlar bilan ishlashning pedagogik ta’sirchanligini oshirishga yo‘naltirilgan mikrohudud monitoringini yuritish (“StreetWork”), ijtimoiy ishni tashkil etish (“FamilyWork”) texnologiyalari loyihalariga oid takliflari Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining 2018 yil 18 avgustdagi 95-son qarorini  ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Mahalla” hayriya jamoat fondining 2018 yil 14 sentyabrdagi 02-06/75-son ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqand viloyatining “Nayman” “Kattaqo‘rg‘on”, “Beklar” va “Farog‘at” mahallalarida maqsadli tadbirlar, davra suhbatlari, individual ish, seminar-treninglar tashkil etilib, ota-onalar zamonaviy kasblar, ular xususiyatlari, mamlakatimizda kasbiy ta’lim doirasidagi o‘zgarishlar bilan tanishtirilgan va ularning kasbiy ijtimoiylashuv masalasidagi faolligi va tashabbuskorligi oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish