Kiyamov Nishon Sadikovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari talabalarida musiqiy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Ped7.
Ilmiy maslahatchi: Bulatov Saidaxbor Sobitovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05.
Rasmiy opponentlar: Quronov Maxammad, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xalilov Faxriddin Nuritdinovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalari talabalarida musiqiy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari talabalarida musiqiy madaniyatni shakllantirish tuzilmasi talabalarning madaniy komillik hamda qadriyatlarga nisbatan motivatsiyasini oshirish bosqichlarining musiqiy ong, his-tuyg‘u, e’tiqod, mahorat komponentlari mazmunini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
e’tiqod, his-tuyg‘u, musiqiy mahoratga oid shaxsiy kompetensiyalar mazmuni musiqiy madaniyatni shakllanishida milliy-ma’naviy, pedagogik-psixologik ta’sirlar (ichki va tashqi) dinamikasiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
musiqiy madaniyatni tarkib toptirishning pedagogik jarayonlari musiqiy-madaniy tayyorgarlik darajasi parametrlarining (ilg‘ash, anglash, his etish) o‘zaro integratsiyalashuv tamoyillarini (ketma-ketlilik, takroriylik, pozitivlik) belgilash asosida takomillashtirilgan;
musiqiy madaniyatni rivojlantirishning lokal-modulli texnologiyasini qo‘llash bosqichlari talabalarning psixofiziologik xususiyatlari, yoshi va ijodiy imkoniyatlariga ko‘ra guruhlash mezonlarini (musiqiy ta’lim-tarbiya, musiqiy-nazariy bilim, musiqiy-estetik did) kiritish asosida takomillashirilgan;
musiqiy madaniyatni shakllantirishning o‘quv-metodik ta’minoti talabaning musiqiy rivojlanishini tartibga soluvchi muloqot loyihasi, musiqiy-nazariy vazifalar, ijodiy usullarning pedagogik imkoniyatlarini (musiqiy tarbiyalash, musiqiy-nazariy bilimlarga yo‘naltirish, musiqiy-estetik didni shakllantirish) ochib berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasasi talabalarida musiqiy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirishga doir olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
e’tiqod, his-tuyg‘u, musiqiy mahoratga oid shaxsiy kompetensiyalar, musiqiy madaniyatning shakllanishida milliy-ma’naviy, pedagogik-psixologik ta’sirlar dinamikasiga doir takliflar O‘zstandart” agentligining 2015 yil 15 fevraldagi 2-540-son qarori bilan tasdiqlangan bakalavriat yo‘nalishlari Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 20 iyundagi 89-03-537-son va 2019 yil 23 sentyabrdagi 89-03-3618-son ma’lumotnomalari). Natijada musiqa ta’limi bakalavriat yo‘nalishi malaka talablari va o‘quv dasturlarini takomillashtirishga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarida musiqiy madaniyatni shakllantirish tuzilmasini takomillashtirish, talabalarning madaniy komillik hamda qadriyatlarga nisbatan motivatsiyasini oshirish bosqichlarining musiqiy ong, his-tuyg‘u, e’tiqod, mahorat komponentlari mazmuniga oid takliflardan PZ-20170927124-raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli loyiha doirasida talabalarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 20 iyundagi 89-03-537-son va 2019 yil 23 sentyabrdagi 89-03-3618-son ma’lumotnomalari). Natijada talabalarda ijtimoiy-madaniy kompetentlilikni takomillashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
musiqiy madaniyatni rivojlantirishning lokal-modulli texnologiyasi, talabalarning psixofiziologik xususiyatlari, yoshi va ijodiy imkoniyatlariga ko‘ra guruhlash me’zonlariga (musiqiy ta’lim-tarbiya, musiqiy-nazariy bilim, musiqiy-estetik did) doir takliflardan OT-F1-36-raqamli “Talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirish” loyihasi doirasida art ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 20 iyundagi 89-03-537-son va 2019 yil 23 sentyabrdagi 89-03-3618-son ma’lumotnomalari). Natijada talabalarning musiqiy madaniyatini shakllantirishda badiiy pedagogika imkoniyatlari samaradorligini oshirishga erishilgan;
musiqiy madaniyatni tarkib toptirishning pedagogik jarayonlari, musiqiy-madaniy tayyorgarlik darajasi parametrlarining o‘zaro integratsiyalashuv tamoyillari, o‘quv-metodik ta’minotni takomillashtirish, muloqot loyihasi, musiqiy-nazariy vazifalar, ijodiy usullarning pedagogik imkoniyatlariga doir takliflardan I1-XT-0-11142-raqamli “O‘qituvchilar malakasini oshirishning innovatsion-qadriyatli yo‘nalishlarini joriy qilish” innovatsion loyihasi doirasida talabalarning musiqiy madaniyatini baholashning aksiologik mezonlarini ishlab chiqishda samarali foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 20 iyundagi 89-03-537-son va 2019 yil 23 sentyabrdagi 89-03-3618-son ma’lumotnomalari). Natijada talabalarda musiqiy madaniyatni shakllantirish va takomillashtirish hamda ularni baholashning innovatsion usullari mazmuni boyitilgan.