Xojiev Baxtiyor Ilxomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandim ko‘tarilmasidagi terrigen yura formatsiyalarining neftgazliylik istiqbolligi va geologik tuzilishining xususiyatlari», 04.00.07–Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/GM54. 
Ilmiy rahbar: Abdullaev G‘aybulla Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, O‘zbekiston neft`-gaz sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Rossiya davlat neft` va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.27.06.2017.GM/T.41.01.
Rasmiy opponentlar: Xusanov Sultanboy, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Zakirov Ravshan, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekgeofizika» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qandim ko‘tarilmasida yura terrigen formatsiyasi geologik tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlarini va paleotektonik sharoitini aniqlash asosida uning neftgazlilik istiqbollarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yura terrigen formatsiyasi mahsuldor gorizontlarining tarqalganlik konturlari aniqlangan, bu orqali uglevodorodlarning bashorat resurslarini baholash asoslangan;
yura terrigen formatsiyasidagi uglevodorod uyumlarining ko‘p qatlamli tuzilishi va sinov ishlari o‘tkazilmagan qatlamlardagi uglevodorodlar zaxiralarini orttirish imkoniyati aniqlangan;
ilk bor yura terrigen formatsiyasining XVII, XVIII gorizontlaridagi antiklinal (strukturaviy-qatlamli) va XIX, XX gorizontlaridagi noantiklinal (litologik- to‘silgan) tutqichlardagi gazokondensatlarning istiqbollari aniqlangan;
yura terrigen formatsiyasidagi uglevodorod uyumlarining paleotektonik shakllanish shart-sharoitlari va vaqti aniqlangan; 
Qandim ko‘tarilmasi yura terrigen formatsiyasida D1 va D2 toifadagi UV bashorat resurslarining konsentratsiyasi darajasiga ko‘ra taqsimlanishi bo‘yicha gazga istiqbolli zonalari ajratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qandim ko‘tarilmasi yura terrigen formatsiyasi geologik tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xaqqul konidagi №8 baholash-foydalanish qudug‘ini burg‘ilash maqsadga muvofiqligi haqidagi tavsiya «O‘zneftegazqazibchiqarish» AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2019 yil 27 iyundagi 02-14/1-31-son ma’lumotnomasi). Natijada baholash-foydalanish qudug‘i burg‘ilandi va o‘rta yura davri terrigen formatsiyasida yangi gazokondensat uyumini ochish va zaxiralarini orttirish imkonini bergan;
2D-UChN qo‘shimcha profillarini ishlab chiqish orqali O‘rtabuloq strukturasini yura terrigen yotqiziqlari bo‘yicha qayta tayyorlash maqsadidagi tavsiya «O‘zbekgeofizika» AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2019 yil 27 iyundagi 02-14/1-31-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘rtabuloqdagi yura terrigen yotqiziqlarida antiklinal strukturaning mavjudligini isbotlash va chuqur izlov burg‘ilashi uchun yangi ob’ekt tayyorlash imkonini bergan;
Kattatepa maydonida №2 izlov qudug‘ini burg‘ilash maqsadga muvofiqligi haqidagi tavsiya «O‘zgeoburneftegaz» AKda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2019 yil 27 iyundagi 02-14/1-31-son ma’lumotnomasi). Natijada Kattatepa maydonida UV-xomashyo zaxiralarini orttirish va izlov ishlari yo‘nalishlarini belgilash imkonini bergan;
Xaqqul qonidagi №21 foydalanish qudug‘ida qo‘shimcha intervallarni sinovdan o‘tkazish zarurligi haqidagi tavsiya «O‘zneftegazgeologiya» MChJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz»AJ ning 2019 yil 27 iyundagi 02-14/1-31-son ma’lumotnomasi). Natijada UV-xomashyosi zahiralarini orttirishga erishish uchun sinov ishlari o‘tkazish zarurligini asoslash imkonini bergan; 
«Parametrik quduqlarni qurish va olingan materiallarga ilmiy ishlov berish bo‘yicha yo‘riqnoma»si (NGH 39.0-204:2018) «O‘zbekneftegaz»AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz»AJning 2019 yil 27 iyundagi 02-14/1-31-son ma’lumotnomasi). Natijada parametrik quduqlar materiallariga ilmiy ishlov berish sifatini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish