Xamidov Xayrulla Lutfullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistondagi yirik suv omborlari hududlarida seysmik monitoring tizimini takomillashtirish», 04.00.06–Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T985. 
Ilmiy rahbar: Ibragimov Alisher Xaydarovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Seysmologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.27.06.2017.GM.40.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Salyamova Klara Djabbarovna, texnika fanlari doktori, professor; Nurtaev Baxtier Sayfullaevich, fizika-matematika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston suv omborlari ta’sir hududlarida seysmik monitoringni takomillashtirib zilzilalar tarqalishi va to‘g‘on hamda qirg‘oq nishabliklarining tebranishlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv omborlari hududlari uchun zamonaviy seysmometrik ma’lumotlar bazalarini o‘z ichiga olgan raqamli interaktiv seysmik kuzatuv tizimi ishlab chiqilgan;
to‘g‘onlar tepasi-grebenning harakat tezliklari to‘g‘on asosining harakat tezliklariga nisbatan to‘g‘on balandligiga qarab 1,2 dan 1,4 martagacha ortishi aniqlangan;
suv omborlari hududlarining xususiy tebranish chastotalarini hisobga olgan holda zilzilalar vaqtida qayd etilayotgan seysmik to‘lqinlarni tahlil qilish uslubi takomillashtirilgan; 
ilk bor suv omborlari joylashgan hududlardagi kuchli zilzilalardan hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan maksimal seysmik tezlanishlar miqdori ular joylashgan hududning gravitatsion tezlanishining uchdan biridan oshmasligi aniqlangan;
to‘g‘onlar tepa yuzasida to‘lqin maydonlarining nochiziqliligini jiddiy darajada oshishiga olib keluvchi, seysmik tebranishlarning rezonans hodisasiga bog‘liq garmonikalar bilan boyishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston yirik suv omborlari hududlarida seysmik monitoring tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
zilzila vaqtida To‘polang suv ombori to‘g‘on va qirg‘oq nishabliklarining tebranishlarini raqamli qayd qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar To‘polang tizimi suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 21 iyundagi 01/25-2441-son ma’lumotnomasi). Natijada To‘polang suv omboridan seysmik xavfsiz foydalanishda interaktiv seysmometrik ma’lumot bilan uzluksiz ta’minlovchi tizim bo‘lib xizmat qilgan;
zilzila vaqtida hosil bo‘ladigan to‘lqinlarning seysmik suyuqlanishga olib keluvchi parametrlarini hisoblash, suv ombori to‘g‘oni va qirg‘oq nishabliklarining xususiy tebranish chastotalari hamda spektorlarini baholash bo‘yicha tavsiyalar To‘polang tizimi suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 21 iyundagi 01/25-2441-son ma’lumotnomasi). Natijada zilzila vaqtida To‘polang suv ombori to‘g‘onining turli nuqtalari tebranishlarini uzluksiz nazoratini olib borish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish