Dusimbetov Bahodir Olimbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy Orolbo‘yi sharoitida kemiruvchilar (Rodentia) jamoalarini ekologik baholash (Qoraqalpog‘iston janubiy tumanlari misolida)», 03.00.10–Ekologiya (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/B108.
Ilmiy rahbar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.29.12.2018.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ikrom Iskandarovich, biologiya fanlari doktori, professor; Seytnazarov Sulayman Qutlimuratovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasining janubiy tumanlaridagi kemiruvchilar (Rodentia) jamoalarini ekologik baholash hamda ularni Janubiy Orolbo‘yi ekotizimi bioindikatsiyasida foydalanish ehtimolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy Orolbo‘yi mintaqasi tabiiy muhitining dinamik o‘zgarishi ostida kemiruvchilar jamoalarining spesifik qayta guruxlanishlari shakllanishi aniqlangan;
kemiruvchilar jamoalarining sifat va miqdor ko‘rsatkichlaridan bioindikatsiya maqsadida, ekologik omillar ta’siri ostidagi biotsenozlar dinamik darajalarini monitoring tadqiq qilish uchun foydalanishga tavsiya qilingan metodik yondashuvlar asoslangan;
kemiruvchilarning o‘rganalayotgan turi Ondatra zibethica populyasiyasining Amudaryo gidrologik rejimi, erlarni o‘zlashtirish hamda qayta tiklanuvchi suksessiyalarga adaptiv reaksiya darajasi aniqlangan; 
joy rel`efini hisobga olgan holda antropogen omillar ta’siridagi kemiruvchilar jamoalari tarkib va strukturasi suksession o‘zgarishlarining yo‘nalganlik darajalari aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Janubiy Orolbo‘yi sharoitlarida kemiruvchilar (Rodentia) jamoalarini ekologik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Janubiy Orolbo‘yining antropogen va texnogen omillar ta’siri ostidagi hozirgi holatini baholash metodlari F.12-14 raqamli “Orol dengizining postakval qurishida tuzlarning to‘planish dinamikasini matematik modellashtirish usuli bilan tadqiq qilish” fundamental loyihasida Janubiy Orolbo‘yi mintaqasi atrof-muhitini muhofaza qilish va mayda sutemizuvchilar faunasining ekologik monitoringida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019 yil 23 avgustdagi 17.01/121a-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi janubiy tumanlari misolida ekotizimlarning suksession jarayonlarini prognozlash maqsadida kemiruvchilar populyasiyalarining integral xarakteristikalaridan biotestlash sifatida foydalanish imkonini bergan;
kemiruvchilarning vaqt oralig‘idagi xududiy tarqalishi bo‘yicha eng so‘ngi ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasida Janubiy Orolbo‘yi tabiiy ekotizimi holatini baholash va monitoring o‘tkazishga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2019 yil 15 fevraldagi 191-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqa hayvonot dunyosining kadastrini tuzish, kemiruvchilar yashash joylarini ekologik pasportlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish