Baykulov Azim Kenjaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xitozan ta’sirining eksperimental termik kuyishdagi molekulyar mexanizmlari», 03.00.01–Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/B234.
Ilmiy rahbar: Inoyatova Feruza Xidoyatovna, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, DSc.29.12.2018.V.01.13.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Nosirjon Muxamedjanovich, biologiya fanlari doktori, professor; Ergashova Mukarram Jurabaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: eksperimental termik kuyish jarohatida teri hujayralari reparativ regeneratsiyasiga xitozan hosilalari bilan korreksiyasining molekulyar mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kuyishdan zararlangan epiteliyni tiklashda Bombyx moridan olingan xitozanning furatsilin bilan kombinatsiyasi gel shakli qo‘llanilishining yuqori samaradorligi isbotlangan;
xitozan hosilalari nukleosomalararo degradatsiyani pasaytirishida, DNKning spesifik qismlari bilan bog‘lanishi aniqlangan, ularning bog‘lanish konstantalari hisoblab chiqilgan, replikatsiya va transkripsiya jarayonlarini jadallashishi aniqlangan;
termik jarohatni davolashda xitozanni furatsilin bilan kombinatsiyasining antioksidant va antitoksik xususiyatlari isbotlangan; 
xitozan hosilalarining toksik, allergik, sensibilizatsiyalovchi, embriotoksik va teratogen xususiyatlari yo‘qligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yara bitkazuvchi preparat va uning ta’sir mexanizmini yoritish hamda toksikologik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Kuyishni xitozan hosilalari asosida davolash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 17 sentyabrdagi 8n-z/150-son ma’lumotnomasi). Natijada xitozanning gel shaklini, antimikrob, jarohatni tezkor bitkazuvchi xususiyati, shikastlangan joyga surtilishida parda hosil qilib, yarada yiringlanishning oldini olish imkonini bergan;
xitozan hosilalarining reparativ regeneratsiyani faollashtiruvchi xususiyatlari va yara o‘chog‘ini tez bitishi bo‘yicha olingan natijalar Toshkent tibbiyot akademiyasi va Toshkent farmatsevtika institutida laboratoriya hayvonlarida eksperimenlal termik jarohatni modellashtirishning oson varianti joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 17 sentyabrdagi 8n-z/150-son ma’lumotnomasi). Natijada kuyish kasalligi chiqarilgan eksperimental hayvonlarda Bombyx moridan olingan xitozanning furatsilinli kompleksini mahalliy qo‘llash jarohatni tez va chandiqsiz bitish hamda asoratlarni kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish