Abdugafurova Dilnoza Gulyamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hujayra qarish jarayonida qalqonsimon bez hujayralaridagi xromatin tuzilishi va  vazifasi buzilishlari va DNK reparatsiyasining ahamiyati», 03.00.01–Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/B84.
Ilmiy rahbar: Kadirova Dilbar Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, DSc.29.12.2018.V.01.13.
Rasmiy opponentlar: Dalimova Surayyo Nugmanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Muxamedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Immunologiya va odam genomikasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: organizmda hujayra qarishi molekulyar mexanizmlarini, qarish jarayonida qalqonsimon bez hujayralari yadro xromatinining DNK replikatsiyasi va transkripsiyasi jarayonlarining buzilishi sabablarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qalqonsimon bez kasalliklarining hujayra qarish jarayoniga ta’siri aniqlangan; 
qarish jarayonida qalqonsimon bez kasalliklarining ayrim shakllarida qalqonsimon bez hujayralari xromatinining struktura-funksional o‘zgarishlarining yuzaga kelishi isbotlangan;
yosh bilan bog‘liq kasalliklarni tashxislash imkonini beruvchi qarish jarayonining biologik markerlarini aniqlash uchun biokimyoviy va molekulyar-irsiy uslublar majmuasi ishlab chiqilgan;
qarish jarayonini sekinlashtiruvchi geroprotektor preparatlar ta’siriga nishon bo‘lishi mumkin bo‘lgan qarish biomarkerlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qarish jarayonida qalqonsimon bez kasalliklarida turli yosh guruhlarining qon limfotsit hujayralaridagi xromosoma aberratsiyalarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
odamlarda yosh ulg‘ayib borishi bilan qon limfotsit hujayralarida spontan xromosoma buzilishlarining sezilarli ravishda ortishi xususiyatlari FA-A-10-002 raqamli «Dori preparatlarining genotoksik ta’sirini klinikagacha sinovlarda sitogenetik  va DNK-buzilishlari testlari yordamida baholash» mavzusidagi loyihada in vitro sharoitida odam limfotsit hujayralarini o‘stirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 14 martdagi 4/1255-738-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘ngillilar guruhlarining endokrin kasalligi bo‘lmaganlarning qon namunalarini tanlash imkonini bergan;
qarish jarayonida hujayra proliferatsiyasining kamayishi FA-A11-T061 raqamli «Mahalliy o‘simlik xomashyosi polifenollari asosida viruslarga qarshi dori vositalari yaratish» mavzusidagi loyiha doirasida olingan kimyoviy polifenol birikmaning (№1) in vitro sharoitida mikromiset va aktinomisetlarning taxminiy modellari kul`turalarida hujayra geroprotektor faolligiga ta’sirini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 15 maydagi 4/1255-1441-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur polifenol birikmaning yuqori geroprotektorlik faollikka egaligini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish