Isakov Xayatullaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Formal`degid va furfurol asosida ko‘p funksional ta’sirga ega bo‘lgan biologik faol moddalar sintezi, sinflanishi va olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi; 02.00.09–Tovarlar kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/T235.
Ilmiy maslahatchilar: Asqarov Ibragim Raxmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Usmonov Sulton Usmonovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.27.06.2017.K/T.35.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Namazov Shafaat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Karimkulov Qurbonqul Mavlonqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Shamshiddinov Isroiljon Turgunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mochevina va tiomochevinalarning formal`degidli, furfurolli birikmalar va biogen metallar asosida kam zaharli va yuqori samarali yangi urug‘dorilagich va stimulyatorlar olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dimetilolmochevina, trimetilolmochevina, monometiloltiomochevina, dimetiloltiomochevina, metilenditiomochevina, trimetiloltiomochevina, dimetilentritiomochevina, trimetilentetratiomochevina hamda mis, rux va kobal`t atsetat tuzlarini 20 ta uch komponentli suvli sistemalardagi eruvchanlik va kimyoviy ta’sirlashishi isbotlangan;
furfurol, mochevina, furfuramid hamda mis, rux va kobal`t atsetatlari tutgan 9 ta yangi modda hosil bo‘lishi aniqlangan;
mochevina- va tiomochevinaformal`degid, mochevina-furfurol birikmalarini olish va ularni quritishning maqbul sharoitlari topilgan, mochevina- va tiomochevinaformal`degid, mochevinafurfurol birikmalari hamda mis, rux va kobal`t atsetatlari asosida preparatlar olishning maqbul tarkiblari, komponentlar nisbati va jarayonlarni olib borishning texnologik tartiblari aniqlangan;
mochevina, tiomochevinalarni formal`degid, furfurol birikmalari va biogen metallar asosida kompleks ta’sir etuvchi kam zaharli urug‘dorilagich va o‘stirish stimulyatorlarini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
mochevina va tiomochevinaning alifatik va geterotsiklik hosilalarini sinflash, undan tashqari ishlab chiqilgan tegishli kod raqamlari asosida ushbu tovarlarning sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilish va ularga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish qoidalari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mochevina va tiomochevinaning formal`degidli, furfurolli birikmalar va biogen metall atsetatlari asosida kam zaharli, samarali urug‘dorilagich va o‘simliklarni o‘stirish uchun stimulyatorlar olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
P-4 urug‘dorilagichini olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti  (№IAP 02236, 2002y.) olingan. Natijada mochevina, tiomochevina, formal`degid, furfurol hamda mis, rux va kobal`t metallarining atsetatlari asosida yangi seriyadagi urug‘dorilagichlarni olish imkonini bergan;
g‘o‘za o‘simligi uchun stimulyator olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti (№IAP 05099, 2015y.) olingan. Natijada tiomochevina, formal`degid va ferrotsen va uning hosilalari birikmalari asosida yangi seriyadagi stimulyatorlar olish imkonini bergan;
“P-4” urug‘dorilagichi Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari fermer xo‘jaliklarida paxta chigitini kasalliklardan himoyalovchi vosita hamda o‘simliklar o‘sishini tezlashtiruvchi stimulyator sifatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 2 oktyabrdagi 01/032-1305-son ma’lumotnomasi). Natijada “P-4” urug‘dorilagichi g‘o‘za ekinlarining barvaqt unib chiqish, ildizlar chirishi va gommoz kasalliklaridan himoya qilish, ekinlarni o‘sib rivojlantirish hamda ularning hosilining pishib etilishini tezlashtirish imkonini bergan;
tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha mochevina, tiomochevina alifatik hosilalari uchun 3808949001 va ularning geterotsiklik hosilalari uchun 3808949002 tovar kodlari Davlat bojxona qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasininng 2018 yil 6 yanvardagi 1/16-10-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda import va eksportbop mahsulotlardan bojxona va aksiz soliqlarini undirish hamda mahalliy xomashyolar asosida olingan mahsulotlarni qishloq xo‘jaligida kengroq foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish