Tolibov Behzod Ibroximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qimmatbaho komponentlar chiqishini oshirish va jaryonni intensifikatsiyalash uchun muallaq holatda sul`fidli materiallarni kuydirish pechida qayta ishlashning samarali texnologiyasini yaratish», 05.02.01–Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1130.
Ilmiy rahbar: Xasanov Abdurashid Salievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.27.06.2017.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Maxmudjon Maxamadjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Valiev Xusan Razzakovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qimmatbaho komponentlar chiqishini oshirish va jaryonni intensifikatsiyalash uchun muallaq holatda sul`fidli materiallarni kuydirish pechida qayta ishlashning samarali texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qimmatbaho komponentlar chiqishini oshirish va jarayonni intensifikatsiyalash maqsadida chiqindi gazlar issiqligidan foydalanib, qizdirilgan issiq havoni yuborish yordamida sul`fidli materiallarni muallaq holatda intensiv kuydirish uchun yuqori samaradorlikka ega takomillashtirishgan kuydirish pechida qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish imkoniyatlari asoslangan;
turli metall saqlagan sul`fidli materallarni quritish va yangi ishlab chiqilgan qurilmada muallaq holatda kuydirilgan mahsulot olish uchun qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
sul`fidli birikmalar kristall panjarasini buzish imkonini beruvchi havoda kislorod bilan ta’sirlashish uchun eng yaxshi sharoitlar va oksidli birikmalar hosil bo‘lish mexanizmlarining jarayonga ta’siri asoslangan;
pech` chiqindi gaz quvurlaridagi chiqindi gazlar issiqligidan ikkilamchi foydalanish texnologiyasi ishlab chiqilgan va 500–700°S haroratda oksidlab kuydirishning samarali shart-sharoitlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qimmatbaho komponentlar chiqishini oshirish va jarayonni intensifikatsiyalash uchun maullaq holatda sul`fidli materiallarni kuydirish pechida qayta ishlashning samarali texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
takomillashtirilgan yangi turdagi sul`fidli materiallarni muallaq holatda intensiv kuydirish pechi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi molibden sanoatida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2019 yil 26 avgustdagi 63-529-son ma’lumotnomasi). Natijada molibden keklarini intensiv oksidlab kuydirish jarayonida oltingugurtning yo‘qotilish darajasini (sul`fidsizlantirish) va ikki bosqichli tanlab eritishdan so‘ng 94% oksidlangan molibden birikmalari eritmaga o‘tib, keklardan molibdenni ajratib olish darajasini 92% gacha oshirish imkonini bergan;
yangi turdagi intensiv kuydirish pechi va ishlab chiqilgan qurilmada muallaq holatda kuydirilgan mahsulot olish uchun qayta ishlash texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ molibden ishlab chiqarish sanoati keklarini oksidlab kuydirish jarayonlariga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2019 yil 26 avgustdagi 63-529-son ma’lumotnomasi). Natijada sul`fidsizlantirish darajasini zavod sharoitidagi 58% li ko‘rsatkichdan 80,37% gacha oshirish imkonini bergan.