Nurullaev Umidbek Kupalovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Uchinchi shaxslarning fuqarolik-huquqiy shartnomaviy munosabatlarida ishtirokining o‘ziga xos xususiyatlari», 12.00.03–Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3PhD/Yu114.
Ilmiy rahbar: Oqyulov Omonboy, yuridik fanlar doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, DSc.30.08.2018.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Boboqulov Sotiboldi Bobonazarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Madumarov Talantbek Tolibjonovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida uchinchi shaxslarning fuqarolik-huquqiy shartnomaviy munosabatlarda ishtirokining huquqiy tartibga solinishini takomillashtirish bo‘yicha  taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
banklar va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan mol-mulkni navbatdagi garov uchun qabul qilish amaliyotini joriy etish zarurati asoslangan;
qarzdor o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda kreditorlar huquqlarini ta’minlashda undiruvni garov narsasiga qaratish tartibi va navbatlarining aniqlashtirilishi lozimligi asoslangan;
yozma bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, garov predmeti yoki kreditorning majburiyatlari bajarilishini ta’minlash predmeti sifatida qo‘yilgan ko‘char mol-mulkka undiruvni qaratishga sud buyrug‘i institutini tatbiq etish zarurati asoslangan;
uy-joy ob’ektining manzili bo‘yicha doimiy propiska qilingan voyaga etgan jismoniy shaxslar komunal xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lash bo‘yicha majburiyatlar yuzasidan uy-joy egasi bo‘lgan shaxs bilan birga solidar javobgar bo‘lishlari lozimligi asoslangan;
davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga, arendaga oluvchilariga suv ta’minoti va suvni chiqarib yuborish xizmatlari uchun to‘lovlarni oldindan, elektr energiyasi va tabiiy gaz etkazib berganlik uchun majburiy to‘lovlarni esa o‘tgan oydan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay har oyda amalga oshirilishi lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uchinchi shaxslarning shartnomaviy munosabatlarda ishtirokini fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
kreditor huquqlarini himoya qilishda undiruvni garov narsasiga qaratish navbatlari to‘g‘risidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 noyabrdagi PQ-4026-son «Kreditorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2019 yil 6 mart va 2019 yil 6 sentyabrdagi 44-11/103-son ma’lumotnomalari). Takliflarning inobatga olinishi natijasida garovga qo‘yilgan mol-mulkni navbatdagi garovga qo‘yishga yoki uni ijaraga berishga garov reesteriga tegishli yozuvni kiritish va bu haqda garovga oluvchini xabardor etish sharti bilan garovga oluvchining roziligisiz ruxsat etilishi to‘g‘risidagi tartib joriy etilib, bu esa banklar va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan navbatdagi garovni qabul qilish amaliyotini joriy etishga xizmat qilgan;
komunal xizmatlar uchun mol-mulk egasining to‘lanmagan qarzlarini qoplashda undiruvni turar joyda ro‘yxatdan o‘tib yashayotgan shaxslarga qaratish to‘g‘risidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 134-moddasi (Ko‘p kvartirali uydagi mol-mulkni saqlash xarajatlarini va kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlari)ni yangi tahrirda ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2019 yil 1 apreldagi 06/1-05/1187vx-son ma’lumotnomasi). Takliflarning inobatga olinishi natijasida uy-joy ob’ektining manzili bo‘yicha doimiy propiska qilingan voyaga etgan jismoniy shaxslar elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, suv ta’minoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lash bo‘yicha majburiyatlar yuzasidan qonun hujjatlariga va kommunal xizmatlarni etkazib beruvchi (bajaruvchi) korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq solidar javobgar bo‘ladi. Bu esa kommunal xizmat ko‘rsatishda qarzdorlikni kamaytirishga va aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish