Chiniev Dilshod Abdimuminovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Mulk huquqini amalga oshirish va himoya qilishning fuqarolik-huquqiy jihatlari», 12.00.03–Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Yu108.
Ilmiy rahbar: Oqyulov Omonboy, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, DSc.30.08.2018.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Imomov Nurillo Fayzullaevich, yuridik fanlar doktori, professor, Nasriev Ilxom Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, professor, Muxammadiev Ayub Abduraxmonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mulk huquqini amalga oshirish va himoya qilishga oid fuqarolik-huquqiy munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan noqonuniy hujjat qabul qilinganligi yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan g‘ayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) sodir etilganligi natijasida tadbirkorlik sub’ektiga etkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volarni ko‘rishda sud da’vogarning arizasi bo‘yicha da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi shartligi hamda da’voni ta’minlash choralarini davlat organining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining nizolashilayotgan hujjati ijrosini to‘xtatib turish kabi majburiyatlarni belgilash asoslab berilgan;
xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirish, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida mol-mulkni xatlash surishtiruvchining yoki tergovchining qarori bo‘yicha o‘tkazilganda prokurorning roziligi olinishi shartligi asoslangan;
tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish, tadbirkorlik sub’ektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, tadbirkorlik sub’ektlarining hisobvaraqlarida pul mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni qonunga xilof ravishda talab qilib olish kabi xatti-harakatlar uchun aybdorlarni jinoiy javobgarlikka tortish lozimligi asoslab berilgan;
ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish asoslari va tartibini aniqlashtirish, tadbirkorlik sub’ektlarining hisobvaraqlarida pul mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni qonunga xilof ravishda talab qilib olish, davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini buzish, tadbirkorlik sub’ektlaridan qonun hujjatlarini buzgan holda hujjatlar talab qilib olinganligi uchun aybdorlarni ma’muriy javobgarlikka tortish taklifi ishlab chiqilgan;
xususiy mulk kafolatlarini mustahkamlash, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirish maqsadida olib qo‘yilayotgan mol-mulkning qiymatini baholash bo‘yicha yagona tartibni, ya’ni er uchastkalari, boshqa mol-mulkni uning qonuniy egasidan davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun tortib olish holatlarini aniq ko‘rsatish, teng qiymatli boshqa er uchastkasini taqdim etish, bozor qiymati bilan teng bo‘lgan dov-daraxt joylashgan boshqa mol-mulkni berish lozimligi asoslab berilgan;
er uchastkasini davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishda etkazilgan zararning o‘rnini to‘la hajmda qoplash, bundan tashqari tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga berilgan imtiyoz va preferensiyalarni qo‘llashga oid kafolatlar bilan mulkdorlarni ta’minlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mulk huquqini amalga oshirish va himoya qilishning fuqarolik-huquqiy jihatlarini tartibga solinishi bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 206-moddasi va Xo‘jalik protsessual kodeksining 76–77-moddalariga davlat organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan noqonuniy hujjat qabul qilinganligi yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan g‘ayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) sodir etilganligi natijasida tadbirkorlik sub’ektiga etkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volarni ko‘rishda sud da’vogarning arizasi bo‘yicha da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi shartligi hamda da’voni ta’minlash choralarini davlat organining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining nizolashilayotgan hujjati ijrosini to‘xtatib turish bilan to‘ldirish to‘g‘risida qo‘shimcha kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016 yil 5 apreldagi 14-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 20 avgustdagi O‘RQ-391-son «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunning 9 va 14-moddalarida o‘z aksini topgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik va Xo‘jalik protsessual kodekslarini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
mol-mulkni xatlash surishtiruvchining yoki tergovchining qarori bo‘yicha o‘tkazilganda prokurorning roziligi olinishi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 290-moddasi beshinchi qismiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2016 yil 5 maydagi 1-son ma’lumotnoma). Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 20 avgustdagi O‘RQ-391-son «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunning 6-moddasida o‘z aksini topgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida xususiy mulkni jadal rivojlantirishga, mulk huquqini amalga oshirish va himoya qilishning jinoyat-protsessual muhofazasini yanada kuchaytirishga hissa qo‘shgan;
Jinoyat kodeksining 1923, 1924 va 1928-moddalariga, tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish, tadbirkorlik sub’ektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, tadbirkorlik sub’ektlarining hisobvaraqlarida pul mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni qonunga xilof ravishda talab qilib olish kabi xatti-harakatlar uchun jinoiy-huquqiy ta’sir choralarini belgilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2016 yil 5 maydagi 1-son ma’lumotnoma). Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 20 avgustdagi O‘RQ-391-son «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasida o‘z aksini topgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida xususiy mulkni jadal rivojlantirishga, mulk huquqini amalga oshirish va himoya qilishning jinoyat-huquqiy muhofazasini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan;
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 27-moddasiga va 2418, 2419, 24110-moddalariga ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish asoslari va tartibini aniqlashtirish, tadbirkorlik sub’ektlarining hisobvaraqlarida pul mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni qonunga xilof ravishda talab qilib olish, davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini buzish, tadbirkorlik sub’ektlaridan qonun hujjatlarini buzgan holda hujjatlar talab qilib olish kabi harakatlar uchun ma’muriy javobgarlik choralarini belgilash to‘g‘risidagi qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2016 yil 5 maydagi 1-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 20 avgustdagi O‘RQ-391-son «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunning 7-moddasida o‘z aksini topgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida xususiy mulkni jadal rivojlantirishga, mulk huquqini amalga oshirish va himoya qilishning ma’muriy-huquqiy muhofazasini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasining «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni 19-moddasiga olib qo‘yilayotgan mol-mulkni qiymatini baholash bo‘yicha yagona tartibni joriy etish to‘g‘risida qo‘shimcha kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining 2016 yil 6 maydagi 02-07/179-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 20 avgustdagi O‘RQ-391-son «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunning 40-moddasida o‘z aksini topgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida xususiy mulkni jadal rivojlantirishga, mulk huquqini amalga oshirish va himoya qilishni yanada kuchaytirishga hissa qo‘shgan;
O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni 25- va 301-moddasiga er uchastkasini davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishda etkazilgan zararning o‘rnini to‘la hajmda qoplash haqida hamda tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llashning kafolatlariga oid qoidalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining 2016 yil 6 maydagi 02-07/179-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 20 avgustdagi O‘RQ-391-son «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasida o‘z aksini topgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida xususiy mulkni jadal rivojlantirishga, mulk huquqini amalga oshirish va himoya qilishni yanada kuchaytirishga xizmat qilgan.