Sadiev Umidjon Abdusamadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Irrigatsiya kanallarida suvdan foydalanishning samaradorligini va ishonchliligini oshirish usullari», 05.09.07–Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T132.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Ilxomjon Ernazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Bozorov Dilshod Raimovich, texnika fanlari doktori, professor; Malikov Zafar Mamatqulovich, texnika fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘orma dehqonchilik tizimidagi irrigatsiya kanallarida suvdan samarali va ishonchli foydalanishning boshqarish usullarini takomillashtirish, gidravlik hisoblash usullarini ishlab chiqish va GAT texnologiyalarini qo‘llash asosida sug‘orish kanallarida suvdan foydalanishning ishonchliligi va samaradorligini oshirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tuproq o‘zanli va beton qoplamali kanallardan ro‘y berayotgan fil`tratsiyani gidravlik hisoblash usullari fil`tratsion qarshilik usuli asosida takomillashtirilgan; 
irrigatsiya kanallarining ishonchlilik holatini bashorat qilish usullari tasodifiy diagnostika gipotezalari va Bayes usuli asosida takomillashtirilgan; 
magistral kanallarning samaradorligi va ishonchlilikni ta’minlay oladigan oqimning optimal gidravlik parametrlarini hisoblash usullari boshqaruv nazariyasi asosida takomillashtirilgan;
bir o‘lchovli beqaror suv harakatini ifodalovchi gidravlik model` suv sarfi eksponensial tartibda o‘zgarganda kanallarning ishonchlilik va Frud o‘xshashlik mezonlari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Irrigatsiya kanallarida suvdan foydalanishning samaradorligini va ishonchliligini oshirish usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tuproq o‘zanli va beton qoplamali kanallardan ro‘y berayotgan fil`tratsiyaning gidravlik hisoblash usullari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Chirchiq-Oxangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan Toshkent magistral kanali, Parkent va Xandam kanallariga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 3 maydagi 03/25-1835-son ma’lumotnomasi). Natijada irrigatsiya kanallarida suvdan foydalanish ishonchliligi va samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan; 
bir o‘lchovli beqaror suv harakatini ifodalovchi gidravlik model` Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan Toshkent magistral kanali, Parkent va Xandam kanallariga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 3 maydagi 03/25-1835-son ma’lumotnomasi). Natijada irrigatsiya kanallarida manbadan olinadigan suvga nisbatan 5–7% dan ortiq suv resurslarini iqtisod qilish imkoni yaratilgan;
magistral kanallarning samaradorligi va ishonchlilikni ta’minlay oladigan oqimning optimal gidravlik parametrlarini hisoblash usullari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Chirchiq-Oxangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan Toshkent magistral kanali, Parkent va Xandam kanallariga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 3 maydagi 03/25-1835-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘orish kanallaridan foydalanish ishonchliligi va samaradorligini oshirish orqali suv tanqisligi sharoitida suv resurslarini samarali boshqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish