Axmedov Azamat Xaitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Parametrlari va bog‘lanishlari boshqariladigan mexanizmlarning yangi qurilmalarini yaratish uchun ularning nazariy asoslarini takomillashtirish», 05.02.02–Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T358.
Ilmiy rahbar: Karimov Kamolxon Abbosovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.28.02.2018.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Shukurov Rustam Utkurovich, texnika fanlari doktori, professor; Muxamedov Jobirxon Mirzaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: parametrlari va etaklanuvchi bo‘g‘inlaridagi bog‘lanishlari boshqariladigan friksion va vibromexanizmlarning hisoblash usullarini ishlab chiqish, nazariy tadqiqotlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mashina va mexanizmlar nazariyasida boshqariladigan friksion va vibromexanizmlar ishchi organlari harakatining hisoblash usullari takomillashtirilgan;
presizion vibromexanika usullari yordamida boshqariladigan friksion va vibromexanizmlarning nazariy asoslari va yangi qurilmalari ishlab chiqilgan va ularni boshqarishning umumiy klassifikatsiyalari takomillashtirilgan;
friksion va vibromexanizmlar parametrlari va bog‘lanishlarini boshqarishning matematik modellari ishlab chiqilgan;
signaturali chiziqsiz differensial tenglamalarni echish uchun oraliqni bo‘lish usuli ishlab chiqilgan;
friksion mexanizm etaklanuvchi g‘ildiragining boshqariladigan aylanishini o‘zgarish qonuniyatlarini aniqlash va hisoblash uchun matematik model va dasturiy mahsulot ishlab chiqilgan;
aylanma harakatni ilgarilanma harakatga o‘tkazuvchi boshqariladigan mexanizm harakatining matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tog‘ rudalari va turli tabiiy qotishmalarni maydalash va boyitishga tayyorlash uchun ishlab chiqilgan parametrlari boshqariladigan gorizontal vibromaydalagich qurilmasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tog‘-kon rudalarini boyitishga tayyorlash uchun ishlab chiqilgan gorizontal vibromaydalagich qurilmasi «Mineral resurslar instituti» davlat korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 27 maydagi 05/10-son ma’lumotnomasi). Natijada vibromaydalagichda maydalanadigan tog‘ rudalari va turli tabiiy qotishmalarning ishlab chiqarishdagi unumdorligi 16–17% ga ortgan;
gorizontal vibromaydalagich qurilmasining optimal geometrik va kinematik parametrlarini aniqlash usuli «Mineral resurslar instituti» davlat korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 27 maydagi 05/10-son ma’lumotnomasi). Natijada tog‘ rudalari va turli tabiiy qotishmalarni maydalashda yuritmaning umumiy foydali ish koeffisienti 10–15% ga ortgan;
boshqariladigan yuqori chastotali bo‘ylama to‘lqinlarni hosil qilish texnologiyasini ishlab chiqish usuli «Mineral resurslar instituti» davlat korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 27 maydagi 05/10-son ma’lumotnomasi). Natijada tog‘ rudalari va turli tabiiy qotishmalarni maydalash jarayonining sifati 15–18% ga ortgan;
gorizontal vibromaydalagichlarning tezlashtirilgan resurs va tajriba sinovlarini o‘tkazish usuli «Mineral resurslar instituti» davlat korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 27 maydagi 05/10-son ma’lumotnomasi). Natijada maydalanishdagi unumdorlik 20–25% ga ortgan.