Nutfullaeva Lobar Nurullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Namlab-isitib ishlov berish jarayonida tikuv buyumlari shakl barqarorligini oshirish texnologiyasini ishlab chiqish», 05.06.04–Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T476.
Ilmiy rahbar: Tashpulatov Salix Shukurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Nigmatova Fotima Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor; Ismoilova Ra’no Muzaffarovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tikuv buyumlariga namlab-isitib ishlov berish texnologik jarayonida kiyim detallari shakl barqarorlik xususiyatini oshirish orqali uning yuqori sifatini ta’minlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor tikuv buyumi detallariga namlab-isitib ishlov berish texnologik jarayonida uning sifatini ta’minlovchi jihoz ishchi organi (yostiqcha)ning yangi konstruksiyasi va paketini shakllantirish uslubi yaratilgan;
ilk bor namlab-isitib ishlov berish presslari yostiqchasini kompozit materialdan tayyorlashda uning har tomonlama mustahkamligini ta’minlovchi mexanizmi yaratilgan;
kompozit materialdan tayyorlangan namlab-isitib ishlov berish pressi yostiqchasining to‘qimachilik materiali va kiyim paketiga ta’sir bog‘lanishlari aniqlangan;
yangi press yostiqchasidan foydalanib, namlab-isitib ishlov berish texnologik jarayonining ratsional rejimlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tikuv buyumlari detallariga NIIB texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
dazmollash pressining yangi ishchi organi (yostiqchasi) asosida ishlab chiqilgan namlab-isitib ishlov berishning yangi texnologiyasi “O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalarda joriy etilgan (“O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasining 2019 yil 12 apreldagi 04/12-1661-son ma’lumotnomasi). Natijada tikuv buyumlari detallarining NIIB texnologik jarayonini samaradorligini 9,1% ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
namlab-isitib ishlov berish yangi texnologiyasi “O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalarda joriy etilgan (“O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasining 2019 yil 12 apreldagi 04/12-1661-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining ishlab chiqarishga joriy etilishi tikuv mahsuloti sifatini 11,4% ga oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan namlab-isitib ishlov berish rejimlari “O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalarda joriy etilgan (“O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasining 2019 yil 12 apreldagi 04/12-1661-son ma’lumotnomasi). Natijada tikuv buyumlari detallariga NIIB texnologik jarayonining samaradorligini 11,7% ga, shu bilan birga mahsulot sifatini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish