Yo‘ldosheva Ozodaxon Muxammadsodiq qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Payvandlangan sopolimerlar asosida olingan olovbardosh to‘qimachilik materiallarini yaratish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/T177.
Ilmiy maslahatchi: Rafiqov Adham Salimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor; Kurbanbaev Shuxrat Erkinovich, texnika fanlari doktori, professor; Axunbabaev Oxunjon Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: payvandlangan sopolimerlar asosida olingan olovbardosh to‘qimachilik materiallarini yaratish, fizik-mexanik va yong‘in-texnik xossalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik materiallariga olovbardosh ishlov berish uchun yangi kompozisiya tarkibi ishlab chiqilgan;
to‘qimachilik tolalariga payvandlash orqali kompozisiyani materialga kimyoviy bog‘lash usuli yaratilgan;
to‘qimachilik materiallarini saqlash va foydalanish muddatini uzaytirish, yonish vaqtida ajralib chiqayotgan tutun miqdorini kamaytirish maqsadida ishlov berishning yangi usuli yaratilgan;
yigirilgan paxta iplarini to‘qishdan oldin antipiren kompozisiya bilan ohorlash orqali matoning olovbardoshlilik xossalarini takomillashtirish usuli ishlab chiqilgan;
tanda va arqoq iplariga kompozisiya bilan ishlov berilib, saqlanish va foydalanish muddati uzaytirilgan, ekologik xavfsiz olovbardosh to‘qimachilik materiallari yaratilgan;
payvandlangan sopolimerlar asosida olingan olovbardosh to‘qimachilik materiallarining tarkibi, olinish usuli, ishlab chiqarishning texnologik rejimlari bilan materialning olovbardoshliligi va fizik-mexanik xossalarining bog‘liqlik qonuniyati yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Payvandlangan sopolimerlarga asoslangan olovbardosh to‘qimachilik materiallarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
payvandlangan sopolimerlar asosida brezent materialga olovbardosh ishlov berish tarkibi Toshkent shahrining “SHAMS” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT” uyushmasining 2019 yil 19 apreldagi 04/12-1833-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatkichlari texnik shartlarga mos keladigan, tannarxi arzonlashgan, xizmat qilish muddati uzaytirilgan yong‘indan himoyalovchi brezent matolari olish imkonini bergan;
kollagen asosidagi kompozisiya bilan paxta iplarini ohorlash usuli Andijon viloyatining “SUVYULDUZ TEKSTIL”, “KNYAZ-BABY” xususiy korxonalarida joriy etilgan hamda Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (“O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT” uyushmasining 2019 yil 19 apreldagi 04/12-1833-son ma’lumotnomasi, “Paxta tolali iplarni ohorlash usuli”, №FAP2018-0152). Natijada ikkilamchi xomashyo asosida iplarni sifatli ohorlash va materialning fizik-mexanik xossalari yaxshilanishiga erishilgan;
tanda va arqoq iplarini ohorlash, olovbardoshlik xususiyatlarini oshirish uchun ishlov berish, payvand sopolimerlash va olovbardosh to‘qima materiali ishlab chiqarish usuli Namangan viloyatining “MIROBOD TEKSTIL`” MChJ hamda Toshkent shahridagi “IRODA-GAZMOL-BIZNES” xususiy korxonasida, himoya vositalari namunalari Qashqadaryo viloyatining “NASAF-NUR TEXTIL” MChJ hamda Farg‘ona viloyatining “ELIGANT KAPITAL TIKUV” xususiy korxonacida joriy etilgan (“O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT” uyushmasining 2019 yil 19 apreldagi 04/12-1833-son ma’lumotnomasi). Natijada ekologik xavfsiz, olovbardosh matolarga qo‘yiladigan talablarga to‘la javob beruvchi olovbardosh to‘qimachilik matolarini olish imkoni yaratilgan.