Payzullaxanov Muxammade-Sultanxan Saidivalixanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oldindan berilgan mexanik va p’ezoelektrik xossalari bilan ajralib turuvchi oksid materiallarni mujassamlashgan quyosh energiyasi yordamida sintez qilish», 05.05.06–Qayta tiklanuvchi energiya turlari asosidagi energetik qurilmalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/T45.
Ilmiy maslahatchi: Atabaev Il`xam Gafurovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Fizika-Quyosh» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti, DSc.30.05.2018.FM/T.34.01.
Rasmiy opponentlar: Klichev Shavkat Isakovich, texnika fanlari doktori; Raximov Rustam Xakimovich, texnika fanlari doktori; Yuldashev Isroil Abrievich, texnika fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Katta Quyosh Sandonida piroksen CaMgSi2O6 va bariy titanati BaTiO3 kabi turli sinfga oid materiallarga yuqori zichlikda mujassamlangan quyosh nurlanishi oqimi ta’sirini aniqlash va yuqori mexanik va dielektrik xossalarga ega bo‘lgan shisha-kristall materiallar olishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Katta Quyosh Sandonida berilgan xossalar kompleksiga ega bo‘lgan materiallarni sintez qilish uchun mujassamlangan quyosh nurlari oqimi zichligi va energetik taqsimoti xarakterini xomashyoning yutish koeffisienti, qoralik darajasi, erish temperaturasi va issiqlik o‘tkazuvchanligi kabi ko‘rsatkichlarga mos holda optimallash lozimligi ko‘rsatilgan; 
Katta Quyosh Sandonida erigan holatni o‘ta qizdirilishiga olib keluvchi yuqori darajada mujassamlangan (300–350 Vt/sm2) oqim zichligi sharoitida eritish va eritmani suvda sovitish orqali toblash natijasida 5–70 mkm o‘lchamli zarralardan tashkil topgan amorf holatni olish mumkinligi aniqlangan;
Katta Quyosh Sandonida bazal`t jinslarni 150 Vt/sm2 oqim zichligida mujassamlangan quyosh nurlari nurlanish oqimi ta’sirida qizdirishda diopsid CaMgSi2O6 va avgit (Ca,Na)(Mg,Fe2+,Al,Fe3+,Ti)(Si,Al)2O6 fazalar aralashmasi, oqim zichligi 300 Vt/sm2 gacha ortganda esa Fe3+->Fe2+ o‘tishi natijasida fayalit Fe2SiO4 va diopsid-gedenbergit Ca(MgFe2+)Si2O6 fazalar shakllanishi aniqlangan; 
Katta Quyosh Sandonida xrom oksidi qo‘shilgan bazal`t jinslariga  mujassamlangan (300-350 Vt/sm2) quyosh nurlari oqimi ta’sirida xrom ionlari Cr3+ holatdan Cr2+ holatga o‘tishi va metastabil fazalar Ca1-xSrx(MgFe2+)Si2O6 shakllanishi oqibatida olingan shisha-kristall materialning emirilishga chidamliligi qo‘shimchalarsiz materialga nisbatan 12%ga ortishi kuzatilgan; 
Ilk bor Katta Quyosh Sandonida erigan xolatdan sintez qilishda nurlanish oqimi zichligining past qiymatlarida kubik singoniyali bariy titanati  shakl-lanishi, oqim zichligi 300 Vt/sm2 gacha ortganda esa titan ionlari Ti4+ holatdan Ti3+ holatga o‘tishi kristall panjaraning tertagonal buzilishga olib kelishi aniqlangan; 
Va2+ ionlarining Fe2+ ionlari bilan almashinishi oqibatida (Ba1-xFe2+x)(Fe3+xTi3+x)Ti4+1-xO3-x faza shakllanib materialning dielektrik kirituvchanligi qattiq holatdan sintez qilingan materialga nisbatan 2–3 marta ortib ketishi aniqlangan;
Ilk bor Katta Quyosh Sandonida mujassamlangan quyosh nurlanishining qattiq va suyuq holatidagi materiallar bilan ta’sirlanishi modeli taklif etilgan va yuqori haroratlarda  materiallar destruksiyasining tezlanishi holatlar zichligining energetik sathlar chegaralarida keskin ortib ketuvchi zonaviy tuzilmasi bilan xarakterlanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Katta Quyosh Qurilmasida mujassamlangan quyosh nurlari oqimi ta’siridagi texnologik jarayonlar bo‘yicha tadqiqotlar natijalari asosida:
emirilishga chidamli shisha-kristall material olish bo‘yicha «Shisha-kristall material olish uchun shisha»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 04455, 2009 y.). Texnologiya asosida Materialshunoslik institutida keramik kernlar ishlab chiqilgan va “Olmaliq g‘istchisi” MChJga etkazib berilgan. Keramik kernlarning metall kernlarga nisbatan arzonligi (2,3 marta) va qo‘llanish vaqtining uzoqligi (1,5 marta) oqibatida korxona iqtisodiy samaradorligi ortgan;
shisha-kristall va keramik pigmentlar tayyorlash bo‘yicha “Keramik pigment tayyorlash uchun shixta”ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining  patenti olingan (№ IAP 04342, 2008 y.). Texnologiya O‘zR FA “Fizika-Quyosh” IIChB Materialshunoslik instituti Katta Quyosh Sandonini samarali ekspluatatsiya qilish natijasida material va energiya xarajatlari 10–15 % ga kamaygan;
sopol tayyorlash bo‘yicha «Sopol tayyorlash uchun shixta»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining patenti olingan (№ IAP 03766, 2006 y.). Texnologiya asosida Materialshunoslik institutida keramik sterjenlar ishlab chiqilgan va “Standard Glass” MChJga etkazib berilgan. Import o‘rnini qoplovchi keramik sterjnlarning qo‘llanishi oqibatida “Standard Glass” MChJ korxonasi iqtisodiy samaradorligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish