Alieva Ra’no Burxanovnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurakning ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda oilaviy giperxolesterinemiyaning klinik-biokimyoviy va struktur-funksional xususiyatlari»,. 14.00.06–Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2019.3.PhD/Tib720.
Ilmiy rahbar: Shek Aleksandr Borisovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.26.04.2018.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori; Abdullaev Akbar Xotamovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti Oliy ta’limning federal davlat avtonom ta’lim muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda prokonvertin subtilizin-keksin konvertaza 9 tipi va magistral arteriyalardagi struktur-funksional o‘zgarishlar bilan bog‘liqlikni hisobga olgan holda geterozigotali oilaviy giperxolesterinemiyani erta tashxislash va davolash usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘zbek populyasiyasida yurakning surunkali ishemik kasalligi va geterozigotali oilaviy giperxolesterinemiya bo‘lgan bemorlarda qondagi prokonvertin subtilizin-keksin konvertazali 9 tipi (PCSK9) darajasi baholangan;
ilk bor o‘zbek populyasiyasida oilaviy bo‘lmagan giperxolesterinemiyali bemorlar va sog‘lom shaxslar bilan taqqoslanganda qondagi prokonvertin subtilizin-keksin konvertazali 9 tipi (PCSK9) darajasi ahamiyatli oshishi isbotlangan;
ilk bor o‘zbek populyasiyasida geterozigotali oilaviy giperxolesterinemiya bo‘lgan bemorlarda PCSK9 E670G geni polimorfizmi G allelyasi tarqalganligi baholangan, uning qonda PCSK9 darajasi oshishi, qandli diabetning yuqori chastotasi va yurak-qon tomir asoratlari (miokard infarkti, insul`t) hamda braxiotsefal arteriyalar egiluvchanlik-elastiklik xususiyati bilan bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor klinik tadqiqot natijalari rozuvastin va fenofibratning kombinatsiyalangan terapiyasida PCSK9ning sirkulyasiyalovchi darajasi davolashdan 3 oy o‘tgandan keyin rozuvastin bilan monoterapiya qabul qilgan bemorlar guruhi bilan taqqoslanganda ishonchli ko‘tarilmaganligi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek populyasiyasida GeOGning genetik va klinik-biokimyoviy xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Uyqu arteriyalarining egiluvchanlik-elastiklik xususiyatlarini baholashdan foydalanib oilaviy geterozigotali giperxolesterinemiyani erta tashxislashning ul`tratovushli usullari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 20 sentyabrdagi 8n-d/151-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma qimmatbaho genetik usullar bo‘lmaganda tomirlarning egiluvchanlik-elastiklik xususiyatlarini baholash asosida GeOGni erta aniqlash usullarini yaxshilash imkonini bergan;
geterozigotali oilaviy giperxolesterinemiyani erta tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan usullarning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qarshi filiali va Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 20 sentyabrdagi 8n-d/151-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi GeOGning erta tashxisotini yaxshilash va infarkt, insul`t kabi yurak-qon tomir kasalliklari asoratlarining oldini olish uchun bemorlarda o‘z vaqtida lipid buzilishlarni korreksiyalashni amalga oshirish imkonini bergan.