Kadirbaeva Aliya Aristanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati o‘sma oldi kasalliklarini erta tashxislash», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib.497.
Ilmiy raxbar: Kamilov Haydar Pozilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Lukina Galina Ilxamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Isroilov Rajabboy, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.N. Bloxin nomidagi Onkologiya ilmiy tibbiyot markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: katta yoshli aholisi orasida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq parda saraton oldi kasalliklarini erta kam invaziv tashxisotini takomillashtirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati xujayra ichi shikastlanishlarda dispers yorqin tanachalarini saraton oldi jarayonlarini bashoratlash oimili ekanligi isbotlangan;
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining o‘sma va o‘sma oldi kasalliklari to‘qima xujayralarida patologik jarayonini obektiv baholash uchun dispers yorqin tanachalarni sezuvchanlik tizimi asoslangan;
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasida malignizatsiya jarayonlarni rivojlanishda dispers yorqin tanachalarni aniqlash o‘rni va axamiyati isbotlangan;
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq parda saraton oldi jarayonlarida to‘qimalaridagi patologik jarayonlarni erta bashoratlashning optimal noinvaziv tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati o‘sma oldi kasalliklarni erta tashxsilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida.
«Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq parda saraton oldi kasalliklarning tashxisotida dispers yorqin zararalarning o‘rni va ahamiyati» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 oktyabrdagi 8n-r/247-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma aholi orasida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq parda saraton oldi kasalliklarning tashxisotida dispers yorqin zarralarning o‘rni va ahamiyati asoslash imkonini bergan;
«Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq parda saraton oldi kasalliklarining klinik va sitologik mezonlari» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 4 martdagi 8n-r/71-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma og‘iz bo‘shlig‘i shilliq parda saraton oldi kasalliklarining klinik va sitologik mezonlar asosida tashxislash imkonini bergan;
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati o‘sma oldi kasalliklarni erta tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ilmiy-tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi stomatologik poliklinikasi, Samarqand viloyati stomatologik poliklinikasi hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti terapevtik stomatologiya poliklinikalarining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 19 apreldagi 8n-d/84-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi dispers yorqin tanchalarni baholash, erta muddatlarda og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavati epiteliy hujayralarining malignizatsiya boshini aniqlash, o‘sma oldi kasalliklarning tashxislashda harajatlarni kamaytirish hamda remissiya vaqtining ortishi profilaktik yordam sifatini oshirish imkonini yaratgan.