Ergasheva Nargiza Obidjonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zararli kasb omillarining markaziy nerv tizimiga ta’sir mexanizmining tekshiruv natijalarini kompleks baholash, davolash-profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish», 14.00.07–Gigiena, 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc⁄Tib276.
Ilmiy maslahatchilar: Xamrakulova Muqaddasxon Askarovna, tibbiyot fanlari doktori; Mirdjuraev El`bek Mirshavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Xudayberganov Anatoliy Sagatbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Usmanov Islam Abbasovich, tibbiyot fanlari doktori; Matmurodov Rustambek Jumanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kimyoviy, fizikaviy kabi kompleks omillar ta’sirida nevrologik buzilishlarni yuzaga kelish qonuniyatlari va ularning toksiko-gigienik ta’sir mexanizmlarini tashxislash, davolash, oldini olish va patogenetik korreksiyalash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bosh miya hujayra organoidlariga kimyoviy va fizik omillarning kompleks ta’siri, bosh miya va qondagi uglevod-energetik, oqsil va lipid almashinuvning hujayra, subhujayra va organ darajasidagi ko‘rsatkichlariga ta’siri asoslangan;
markaziy nerv tizimi buzilishi erta bosqichlarining neyrofiziologik mezonlari, bosh miya kasbiy shikastlanishida EEG o‘zgarishlari sababini belgilash, al`fa-faolligi pasayishi va beta-faolligining hamma tarmoqlarida qayd qilish, EEG tekshiruvida past amplitudali sekin to‘lqinli teta-diapazon paydo bo‘lishi asoslangan;
kompleks omillar ta’sirida pestisidlardan surunkali zaharlangan va metabolik o‘zgarish bilan aloqador bemorlarda, zaharli moddalarni neytrallashda dorivor o‘simlik moddalar kompleksi hamda ignarefleksoterapiyani qo‘llash bilan markaziy asab tizimidagi buzilishlarning oldini olish va davolash tartibi isbotlangan;
bosh miyaning funksional to‘laqonliligini ta’minlovchi uglevod-energetik, nordonazot va lipid almashinuviga shovqin va tebranish, nissoran va 1-2 dixloretan pestisidlari hamda to‘qima nafasi va mikroerglar, uglevod almashinuv, fermentlar faolligiga ta’sir mexanizmi asoslangan;
zararli kasb omillari yuqori shovqin, monotonik va kuchli tebranish hamda pestisidlarning kompleks ta’sirida gomeostatik buzilishlarni baholash va metabolik jarayonlarni korreksiyalash va molekulyar, subxujayra, xujayra darajasidagi o‘zgarishlarni oldini olish va davolash mexanizmlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zararli kasb omillarining markaziy nerv tizimiga ta’sir mexanizmining tekshiruv natijalarini kompleks baholash, davolash-profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish asosida:
«Pestisidlar bilan ishlovchilar salomatlik holatini korreksiyalash yo‘llari» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 14 martdagi 8n-d/57-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma qishloq xo‘jaligida pestisidlar bilan faoliyat olib boradigan ishchilarning pestisidlardan zaharlanishlarining oldini olish va salomatlik holatini nazorat qilish tizimini monitoringini olib borish imkonini bergan;
«Pestisidlar bilan zaharlanishlarning oldini olish usullari» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 14 martdagi 8n-d/57-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma neft`-gaz mahsulotlari va pestisidlar bilan ishlovchi ishchilar organizmiga kimyoviy moddalarning noxush ta’sirini oldini olish va metabolik jarayonlarni korreksiyalash uslublarini ishlab chiqish imkonini bergan;
«Kimyoviy va fizik omillar ta’sirida organizmda biokimyoviy jarayonlarning kechish xususiyatlari va patologik jarayonlarni erta aniqlash usullari» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 14 martdagi 8n-d/57-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma neft`-gaz va neft` mahsulotlari bilan ishlovchi ishchi va xodimlarni kimyoviy va fizik omillar ta’sirida yuzaga keladigan zaharlanishlarda kechadigan klinik va biokimyoviy jarayonlarni erta baholashni ishlab chiqish imkonini bergan;
zararli kasb omillarining markaziy nerv tizimiga ta’sir mexanizmining tekshiruv natijalarini kompleks baholash, davolash-profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqishni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi va Botanika sanatoriyasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 29 maydagi 8n-z/91-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi neft`-gaz mahsulotlari va qishloq xo‘jaligida pestisidlar bilan ishlaydigan ishchilarning salomatlik holatini baholash va mustahkamlash, zaharlanishlarning oldin olish, jigar va asab ruhiy tizimidagi o‘zgarishlar, vegetativ asab tizimidagi o‘zgarishlarning oldini olish, tashxislash va bashoratlash imkonini bergan.