Sodiqov Baxrom Sattorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kungaboqarning zamburug‘li kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari», 06.01.09– O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Qx307.
Ilmiy rahbar: Avazov Sardorjon Erkin o‘g‘li, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudxodjaev Najmiddin Mavlyanxodjaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Xoldorov Mirxalil O‘razbekovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyati sharoitidagi fermer xo‘jaliklari dalalarida etishtirilayotgan kungaboqar o‘simligidagi zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan  kasalliklarning tarqalishini aniqlash hamda ular keltirgan zararini hisoblash, zamburug‘larning tarqalish qonuniyatlarini va bioekologik xususiyatlarini o‘rganish asosida ularga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining har xil tuproq iqlim sharoitida ekilgan kungaboqar o‘simligi kasalliklarining tarqalishi va zarari aniqlangan; 
kungaboqarda aniqlangan kasalliklarning tashxislari takomillashtirilgan;
yig‘ilgan gerbariy namunalaridan kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning tur tarkibi aniqlangan;
kasallangan kungaboqardan ajratilgan zamburug‘lar 4 ta bo‘lim, 6 ta sinf, 6 ta tartib, 9 ta oila, 17 ta turkum va 21 ta zamburug‘ turiga mansubligi aniqlangan;
kungaboqar ekilgan dalalarda kasallik qo‘zg‘atuvchilarning kungaboqar o‘simligini kasallantirish darajasi aniqlangan;
keng tarqalgan va katta zarar keltiradigan kasalliklarga qarshi samarali kurash choralari ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan kurash choralarining biologik va iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kungaboqar o‘simligining zamburug‘li kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
Toshkent viloyati Piskent tumanidagi “Agro Stimul Tex Servis” fermer xo‘jaligida 2 gektar kungaboqar maydonida kungaboqarning soxta un-shudring kasalligiga qarshi “Previkur SL 722 s.e.k.” va “Ridomil Gold MS 68% n.kuk.” fungisidlarini qo‘llash texnologiyasi joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 martdagi 02/023-185-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan 8,3–5,6 sentnergacha qo‘shimcha kungaboqar hosili olishga erishilgan; 
kungaboqarning kulrang chirish kasalligiga qarshi “Shavit F 72 % s.e.g” fungisidini qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyati Bo‘ka tumani “Shonli Diyor Fayz”, “Xurram Rustam Agro”, “Ofarin Moytepa”, Zangiota tumani “Samandar Agro Ideal”, Yuqori Chirchiq tumani “Oq tepa oq oltin” va “Surantkent Orzu Invest” fermer xo‘jaliklarida jami 8 gektar kungaboqar ekilgan maydonlarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 martdagi 02/023-185-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yuqori biologik samaradorlikka erishilgan va gektaridan 5,2–4,1 sentner qo‘shimcha hosil olish imkoni yaratilgan;
kungaboqarning fuzarioz ildiz chirish kasalligiga qarshi urug‘larni Maksim XL 035 FS, 3,5% sus.k. urug‘ dorilagichi bilan 4,0 l/t normada ishlov berish texnologiyasi Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklarida kungaboqar ekin maydonlariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 martdagi 02/023-185-son ma’lumotnomasi). Ushbu urug‘dorilagich qo‘llanilganda 80,0 foiz biologik samaradorlikka erishilgan va nazoratga nisbatan 11,8 sentner qo‘shimcha hosil olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish