Abdumuminova Ra’no Norbuvaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zarafshon vohasi tog‘oldi mintaqasida ko‘kat o‘g‘itlarining shaftoli hosildorligi, sifati va dala ekologiyasiga ta’siri», 06.01.07–Mevachilik va uzumchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Qx348.
Ilmiy rahbar: Botirov Xidir Fayzievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand tajriba stansiyasi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Kayimov Abduxalil Kayimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Jo‘raev Erkin Baxtiyorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zarafshon vohasining sug‘oriladigan tog‘oldi tipik bo‘z tuproqlari sharoitida siderat ekin turlari va azotli o‘g‘it me’yorlarining bog‘ ekologiyasi, agrobiotsenozi hamda meva sifati va shaftoli hosildorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sug‘oriladigan tog‘oldi hududlar sharoitida ko‘kat o‘g‘it turlari, ulardan eng maqbul va qishga chidamli turlari qish davrida siderat uchun o‘stirilganda biomassa shakllantirish imkoniyatlari aniqlangan;
ko‘kat o‘g‘itlarining shaftolini o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri hamda iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
azotli o‘g‘it me’yorlarining shaftoli hosildorligi va mevasining sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan;
har xil siderat ekinlar va azotli o‘g‘itlar me’yorlari bilan oziqlantirilgan shaftoli bog‘ining biotsenozi va tuproq ekologiyasi holati baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Shaftoli bog‘larida qator oralarida turli siderat ekinlarini etishtirish va azotli o‘g‘itlarni me’yorlarida qo‘llashning shaftolining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
Samarqand viloyati tog‘oldi mintaqasi sharoitida bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklarining shaftoli bog‘larida turli siderat ekinlarini etishtirish va ma’danli o‘g‘itlarini qo‘llashning maqbul me’yorlari Samarqand viloyatida jami 117 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 5 iyuldagi 02/030-182-son ma’lumotnomasi). Natijada shaftoli bog‘lari qator oralarida arpa+raps+ko‘k no‘xat siderat ekinlarining ekilishi natijasida gektaridan o‘rtacha 87,2 sentner hosil olishga erishilgan;
2015–2017 yillarda shaftoli bog‘lari qator oralarida ko‘kat o‘g‘itlaridan arpa+raps+ko‘k no‘xat ekinlarini siderat sifatida ekish texnologiyasi Samarqand viloyati Toyloq tumanida 20,5 gektar, Ishtixon tumanida 27 gektar, Jomboy tumanida 40 gektar, Bulung‘ur tumanida 30 gektar jami 117 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 5 iyuldagi 02/030-182-son ma’lumotnomasi). Natijada nazorat variantiga (sideratsiz) nisbatan gektaridan hosil 15,6 kg qo‘shimcha hosil olish imkoniyati yaratilgan;
shaftoli bog‘lariga ma’danli o‘g‘itlardan gektariga FON+N150 kg me’yorda qo‘llash texnologiyasi Samarqand viloyatidagi fermer xo‘jaliklari shaftoli bog‘lariga joriy etilgan  (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 5 iyuldagi 02/030-182-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan 18,3 sentner qo‘shimcha hosil olingan va rentabellik darajasini 90,2 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish