Yulchiev Jasurbek Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Itlarda sut bezi o‘smalarining etiologiyasi, patomorfologiyasi va davolash», 16.00.02–Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi, 16.00.01–Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/V5.
Ilmiy rahbar: Dilmurodov Nasriddin Babakulovich, veterinariya fanlari doktori, professor, Narziev Baxtiyor Dolievich, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti, DSc.30.08.2018.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Bakirov Baxtiyar, veterinariya fanlari doktori, professor; Tursagatov Jahongir Mamatovich, veterinariya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublika kinologiya pitomniklaridagi xizmat itlari va aholiga qarashli itlarda sut bezi o‘smalarining tarqalishi, etiologiyasi, zarari, ularning patomorfologiyasi va tashxisini ilmiy asoslash hamda davolashning kompleks usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublika kinologiya pitomniklaridagi xizmat itlarida va aholiga qarashli itlarda o‘smalarni keltirib chiqaruvchi etiologik omillar hamda kasallikning tarqalish darajasi aniqlangan;
itlarda sut bezi o‘smalarining o‘ziga xos kechishi, ularni tarqalishining itlarning zot va jinsiga bog‘liqlik jihatlari, klinik belgilari hamda kasallikning erta diagnostikasi ilmiy asoslangan;
sut bezi o‘smasi bilan kasallangan itlar qonining morfologik, biokimyoviy va immunologik o‘zgarishlari hamda o‘smalarning patomorfologiyasi aniqlangan;
sut bezi o‘smasi bilan kasallangan itlarda kasallikni davolashning kompleks usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Itlarda sut bezi o‘smalarining etiologiyasi, patomorfologiyasi va davolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«Itlarda sut bezi o‘smalarini diagnostikasi, davolash va oldini olish bo‘yicha tavsiyanoma» ishlab chiqilgan va Samarqand, Navoiy, Jizzax viloyatlari kinologiya pitomniklaridagi xizmat itlarida o‘sma kasalliklarini oldini olish amaliyotiga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 15 maydagi 02/17-315-son ma’lumotnomasi). Natijada itlarda sut bezi o‘smalarini samarali davolash va oldini olishning ilmiy asoslangan chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
itlarda sut bezi o‘smalarini diagnostika qilishning zamonaviy usullari ishlab chiqilgan va kinologiya xizmati amaliyotiga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 15 maydagi 02/17-315-son ma’lumotnomasi). Natijada itlarda sut bezi o‘smalarini erta diagnostika qilish imkoniyati yaratilgan;
itlarda sut bezi o‘smalarini davolashning kompleks usullari ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 15 maydagi 02/17-315-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ushbu kompleks davolash usullarini qo‘llash natijasida sarflangan 1 so‘m harajatga 7,26 so‘m iqtisodiy samara olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish