Xudjamshukurov Axtam Nurmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tovuq eymeriozi va pullorozining kimyoviy profilaktikasi», 03.00.06–Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/V19.
Ilmiy rahbar: Davlatov Ravshan Berdievich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti, DSc.30.08.2018.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Djabborov Shuhrat Abdumajidovich, veterinariya fanlari doktori; Axmedov Baxodir Nazarovich, veterinariya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: L.M.Isaev nomidagi Tibbiy parazitologiya ilmiy-tekshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublikaning parrandachilik xo‘jaliklarida tovuq eymeriozi va pullorozining epizootologik xususiyatlari hamda kimyoviy profilaktikasiga asoslangan oldini olish tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tovuqlarda eymerioz va pulloroz kasalligining spesifik epizootologik xususiyatlari aniqlangan;
tovuq eymeriozi va pullorozning aralash kechishida o‘ziga xos klinik, gematologik va patomorfologik o‘zgarishlari aniqlangan;
eymerioz va pullorozning kimyoprofilaktikasida yangi eymeriostat, antibiotikli va vitaminli premikslar sinovdan o‘tkazilib, ularning yuqori samarador ekanligi tajribalarda isbotlangan;
tovuqlar eymerioz va pullorozining kimyoprofilaktika tadbirlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tovuq eymeriozi va pullorozining kimyoviy profilaktikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Tovuq eymeriozining kimyoprofilaktikasi va davolash bo‘yicha tavsiyalar» ishlab chiqilgan va Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining parrandachilik xo‘jaliklariga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 15 maydagi 02/17-316-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanomalarni qo‘llash hisobiga tovuq eymeriozini davolash va oldini olishda yuqori samaradorlikka erishilgan;
tovuq eymeriozi va pullorozning aralash shaklini davolashda amprolin (1 kg omuxta emga 0,5 gr), enrofloksatsin (1 litr suvga 1 ml), reksvital (1 kg emga 0,5 gr) ni qo‘llash usuli ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 15 maydagi 02/17-316-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu preparatlarning kasallikka qarshi qo‘llashning indeksi 195,3 ballga teng bo‘lishi imkoniyati yaratilgan;
tovuq eymeriozi va pullorozining aralash shaklini kimyoiy profilaktikasi uchun tavsiya etilgan dori vositalari va ularni qo‘llash usuli amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 15 maydagi 02/17-316-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida kimyoiy profilaktika usulining qo‘llanilishi evaziga har bir jo‘ja hisobiga 998,6 so‘m samaradorlikka erishilgan va sarflangan 1 so‘mga 13,8 so‘m iqtisodiy samara olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish