G‘oyipova Mo‘’tabar Ergashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zarafshon vodiysi yirik shoxli hayvonlari (Bos taurus dom.) ning gel`mintlari faunasi, tarqalishi va ekologiyasi», 03.00.06–Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/V26.
Ilmiy rahbar: Azimov Djalaliddin Azimovich, biologiya fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti, DSc.30.08.2018.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Davlatov Ravshan Berdievich, veterinariya fanlari doktori, professor; Dadaev Saydulla Dadaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy - tadqiqot  instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zarafshon vodiysi sharoitida qoramollar gel`mintlarining tur va taksonomik xilma-xilligini aniqlash va asosiy parazitar kasalliklarga qarshi kurash chora-tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Zarafshon vodiysi qoramollari gel`mintlarining Cestoda, Trematoda va Nematoda sinflariga mansub 34 turidan iborat bo‘lgan hozirgi paytdagi tur xilma-xilligi aniqlangan;
ushbu hudud uchun qator gel`mint turlarining oraliq xo‘jayinlari aniqlangan va Calicophoron ersshowi (Davydova, 1959) va Setaria labiatapapillosa (Alessandrini, 1838) hayotiy sikllarining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
S.labiatapapillosa nematodasi qoramollarning limfa tizimida parazitlik qilishi xususiyati aniqlangan;
Zarafshon vodiysi qoramollari uchun asosiy gel`mintozlar epizootologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
tadqiqot natijalari asosida O‘zbekistonning Markaziy mintaqasi sharoitlarida gel`mintozlarga qarshi kurash chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zarafshon vodiysi yirik shoxli hayvonlari (Bos taurus dom.)ning gel`mintlari faunasi, tarqalishi va ekologiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Navoiy viloyatining “Istiqlol 10 yilligi” chorvachilik fermer xo‘jaligida qoramollarning trixotsefalyoziga qarshi ivermektin10 preparatini qo‘llash usuli amaliyotga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 14 martdagi 02/12-346-son ma’lumotnomasi). Natijada ivermektin10 preparati sinalganda 83,3 foiz samaradorlikka erishish imkoniyati yaratilgan;
Buxoro viloyatining “Guliston Zarif chorvador” va “Oqrabot” chorvachilik fermer xo‘jaliklarida qoramollarning moniezioz kasalligiga prazikvantel, parabronemoz va diktiokaulez kasalligiga qarshi ivermektin10 preparatlarini qo‘llash amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 14 martdagi 02/12-345-son ma’lumotnomasi). Natijada moniezioz kasalligiga prazikvantel preparatining ekstens samaradorligi 93,3 foiz, ivermektin10 preparatining ekstens samaradorligi diktiokaulez bo‘yicha 89,5 foiz, parabronemoz bo‘yicha esa 92,0 foizni tashkil etgan;
qoramollarning moniezioz, diktiokaulez, trixotsefalyoz va parabronemoz kasalliklarini davolash va profilaktika qilish uchun ivermektin, levamizol, prazikvantel` dori vositalari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegeyli va Chimboy tumanlari xo‘jaliklari qoramollarini davolash amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 martdagi 02/011-728-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu kasalliklarga nisbatan 80,4 va 100 foiz ekstens samaradorlik aniqlangan va hayvonlar gel`mintozining epizootik barqarorligi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish