Karimov Sharofiddin Abdukarimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘zada yangi stimulyatorlarni qo‘llashning maqbul me’yor va muddatlarini ishlab chiqish», 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx36.
Ilmiy rahbar: Abdualimov Shuhrat Hamadullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Ostonaqulov Tashtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Rashidova Dilbar Karimovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘za nihollarini turli tashqi omillarga bardoshliligini oshirish, ulardan yuqori va sifatli paxta hosili olish maqsadida “Natriy gumat”, “Obereg’”, Fitovak”, “Bioduks” va “Zamin-M” stimulyatorlarini qo‘llashning maqbul muddat va me’yorlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida chigitga ekish oldidan va g‘o‘zaning shonalash davrida “Natriy gumat”, “Obereg’”, “Fitovak”, “Bioduks” va “Zamin-M” stimulyatorlari bilan ishlov berishning maqbul muddat va me’yorlari aniqlangan;
chigitga ekish oldidan “Natriy gumat” bilan 2,2 kg/t, Obereg’ 1,0–1,5 ml/t hamda g‘o‘zaning shonalash davrida 10 ml/ga, “Fitovak” chigitga 200 ml/t va shonalash davrida 400 ml/ga, Bioduks chigitga 3,0 ml/t va shonalash davrida 2,0 ml/ga, “Zamin-M” chigitga 2,5 l/t, shonalash va gullash davrlarida 2,0 l/ga me’yorlarda ishlov berilganda nihollarning unib chiqishi 10–15% tezlashgan, g‘o‘zaning gommoz va vilt bilan zararlanishi kamaygani rivojlanishi jadallashgani aniqlangan;
yangi stimulyatorlar bilan chigitga va g‘o‘zaning o‘suv davrida ishlov berilganda g‘o‘zaning hosil elementlari to‘kilishini kamaytirgan, tuproqdagi ammonifikatorlar, sporalilar va aktinomisetlar kabi mikroorganizmlar faolligini oshirishi va peroksidaza fermentini faollashtirish ilmiy asoslangan;
g‘o‘zaning o‘sishi-rivojlanishi va hosil elementlarining shakillanishiga, g‘o‘zaning quruq massasi, barg yuzasi, fotosintez mahsuldorligiga, paxta hosildorligi va tola sifatiga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘za parvarishida yangi stimulyatorlarning maqbul me’yor va muddatlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
yangi stimulyatorlarni g‘o‘zada qo‘llash bo‘yicha 2017 yilda “Toshkent viloyatida ekilayotgan g‘o‘za navlarini etishtirish agrotexnologiyasi” va  2013 yilda “Fitovak preparatini paxtachilik va g‘allachilikda qo‘llash” bo‘yicha tavsiyalar tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 9 noyabrdagi 02/020-295-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomalar paxtachilik fermer xo‘jaliklarida g‘o‘zada yangi stimulyatorlardan foydalanishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
tipik bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘za parvarishida yangi stimulyatorlarni chigit ekish oldidan va g‘o‘zani shonalash davrida qo‘llash agrotexnologiyasi Toshkent va Surxondaryo viloyatlari fermer xo‘jaliklari paxta maydonlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 9 noyabrdagi 02/020-295-son ma’lumotnomasi). Natijada “Natriy gumat” 2,2 kg/t, “Obereg’” 1,0 ml/t, “Fitovak” 200 ml/t, “Bioduks” 3,0 ml/t stimulyatorlari bilan ishlov berish orqali chigitning sog‘lom va bexato unib chiqishi ta’minlangan va g‘o‘zani shonalash davrida “Obereg`” 10 ml/ga, “Fitovak” 200 ml/ga, “Bioduks” 2,0 ml/ga qo‘llash hisobiga  g‘o‘za rivojining 3–4 kunga tezlashganligi, o‘sish va rivojlanish yaxshilangani, qo‘shimcha gektaridan 4–5 sentner paxta hosili olishga erishilgan; 
yangi stimulyatorlar qo‘llash agrotexnologiyasi Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklarida 544 gektar, Surxondaryo viloyati fermer xo‘jaliklarida 279 gektar, jami 823 gektar paxta maydonlariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 9 noyabrdagi 02/020-295-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida g‘o‘zaning o‘sish va rivojlanishi tezlashish hisobiga birinchi terim salmog‘i oshgan va stimulyatorlarni qo‘llash hisobiga  paxtadan 568510–932335 so‘m ko‘shimcha sof daromad olishga erishilgan va rentabellik darajasi 12,8–18,8 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish