Sayt test rejimida ishlamoqda

Bugun mamlakatimizning har gusha, har qarichida elga yarashgan va qadriyat darajasiga etgan azaliy urf – umumxalq  hashari  bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020 yil 14-15 mart kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida «Obod yurt» umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risidagi”gi farmoyishiga asosan tashkil qilingan ushbu xayriya hashari OAK xodimlari tomonidan ham hamjihatlik va uyushqoqlik asosida amalga oshirildi. Shu kuni erta tongdan tashkilot hududi tartibga keltirilib, daraxtlar oqlandi va ularga shakllar berildi.
Bahorning ilk kunlari – Navro‘zi olam arafasida  hamjihat va jam bo‘lib, atrof-muhitni obodon va ko‘kalamzor etish kabi xayrli ishda hikmat bisyor. Zero, obodlik ko‘ngildan boshlanadi, deydi dono xalqimiz. Ko‘ngli obod insonlarning yurti ham obod bo‘lishi shubhasizdir.

OAK Axborot xizmati

Yangiliklarga obuna bo‘lish