Xamdamova Firuza Urazalievnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasining ayollar huquqlarini ta’minlash va himoya qilish masalalari bo‘yicha xalqaro-huquqiy hamkorligi», 12.00.10–Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2015.2.Yu250.
Ilmiy rahbar: Saidova Lola Abduvaxidovna, yuridik fanlari doktor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: DSc.11/30.12.2019.Tar/Yu/I/S/24.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Baxodir Islamovich, yuridik fanlar doktori, professor, Xolova E’tibor Xolikovna, yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi O‘zbekiston Respublikasining ayollar huquqlarini ta’minlash va himoya qilish sohasidagi xalqaro huquqiy hamkorligiga oid masalalarini tahlil qilish, tegishli tavsiyalar va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gender statistikacini yig‘ish tizimini takomillashtirish buyicha komissiyaning vakolatlarini qonunchilikda belgilab qo‘yish zarurligi asoslangan;
qonunchilikni gender ekspertizasini o‘tkazish tartibini hamda gender tenglik bo‘yicha komissiyaning vakolatlarini qonunchilikda belgilab qo‘yish zarurligi asoslangan;
qonunchilikda ayollar huquqlarini yanada samaraliroq himoya qilinishini ta’minlash maqsadida gender ekspertizadan o‘tkazish metodikasing yanada takomillashtirish va amaliyotga tadbiq etish lozimligi asoslangan;
yoshlar huquqlariga oid xalqaro va milliy hujjatlarda gender masalalarni inobatga olish, ushbu xujjatlarda yosh ayollar va qizlarga nisbatan kamsituvchi amaliyotlarini bartaraf etishga qaratilgan choralarini belgilab qo‘yish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasining ayollar huquqlarini ta’minlash va himoya qilish masalalari bo‘yicha xalqaro-huquqiy hamkorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ayollar huquqlari ta’minlanishining samaradorligi hamda bu boradagi qonun hujjatlarning amalga oshirilishini doimiy tarzda aniq ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilib baholash maqsadida gender statistikasini shakllantirish to‘g‘risidagi taklif “Erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasining 3-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining 2019 yil 3 oktyabrdagi 01/1198-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi keyinchalik qonunning bajarilishini samarali monitoring qilishga xizmat qilgan.
Qonunlarni ishlab chiqish jarayonida ayollarning manfaatlarini inobatga olinish maqsadida gender ekspertizasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklif “Erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasining 7-moddasini ishlab chiqishda qo‘llangan (Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining 2019 yil 3 oktyabrdagi 01/1198-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinishi mazkur qonunda eng ilg‘or xorijiy tajribalar aks ettirilishiga va inobatga olinishiga xizmat qilgan.
Qonunchilikning gender ekspertizasini o‘tkazish metodikasi loyihasini takomillashtirish hamda gender ekspertizasini o‘tkazish jarayonini osonlashtirish maqsadida Metodika loyihasiga ilova sifatida gender ekspertizasini o‘tkazish yakunlari bo‘yicha xulosa shaklini qo‘llash to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan va ishlab chiqilgan xulosa shakli Qo‘mitaning faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining 2019 yil 26 sentyabrdagi 04/1939-19-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinishi gender ekspertizani o‘tkazish metodikasini takomillashtirishga, qonunchilikni takomillashtirishda ayollar manfaatlarining yanada ko‘proq e’tiborga olishga, shuningdek Qo‘mita salohiyatini oshishiga xizmat qilgan.
Ayollar huquqlari bo‘yicha mintaqaviy xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida yoshlarga oid siyosatni amalga oshirishda gender masalalarni inobatga olish va ayollarga alohida e’tibor berish zarurligi hamda ayollar va qizlarga nisbatan kamsituvchi amaliyotlarni bekor qilish to‘g‘risidagi taklif Islom hamkorligi tashkilotining a’zolari tomonidan 2019 yil 8 oktyabrda qabul qilingan Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Toshkent deklaratsiyasiyaning muqaddimasida hamda Deklaratsiyaning IV qismida o‘z aksini topgan (Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining 2020 yil 9 yanvardagi 01/25-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinishi yoshlarga oid davlat siyosatida hamda yoshlarga oid xalqaro hujjatlarda ayollarning manfaatlari yanada ko‘proq e’tiborga olinishiga xizmat qilgan.