- Asosiy sahifa
- Yangiliklar
- OAK brifing tashkil qildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Tibbiyot fanlari sohasida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi natijalari” mavzuida brifing tashkil etildi.
Unda tibbiyot sohasining yetakchi olimlari, ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh tadqiqotchilar, matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.
Brifingda so‘nggi yillarda tibbiyot fanlari sohasida himoya qilingan dissertatsion tadqiqotlar natijalari to‘g‘risida so‘z yuritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» Davlat dasturida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar, jumladan, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
OAK Axborot xizmati
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering