Shodmonova Munira Burxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Malaka oshirish tizimida ona tili va adabiyot o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped78.
Ilmiy rahbar: Yo‘ldoshev Qozoqboy Boybekovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Mardonov Shukrullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Niyozmetova Roza Hasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: malaka oshirish jarayonida ona tili va adabiyot o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi :
malaka oshirish jarayonida kasbiy kompetensiya va andragogika tamoyillarini umumpedagogik talablar bilan uyg‘unlashtirish asosida ona tili va adabiyot o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishning didaktik modeli shakllantirilgan;
maktabda o‘rganiladigan asarlarning adabiy-badiiy xususiyatlari «SWOT», «T» chizmasi, «Tushunchalar tahlili», «Bumerang», «Blis so‘rov», «FSMU», «Muloqot» texnologiyalari, statsionar va masofadan o‘qitishning umumdidaktik va andragogik komponentlari o‘zaro bog‘liqlik asosida optimallashtirilgan;
o‘qituvchilar kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyalari modeli masofadan o‘qitish, tinglovchilarning interfaol hamkorligi va motivatsion faoliyati modulli ta’limga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
masofadan malaka oshirish jarayonlarining uzluksizligi va uzviyligidan o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantiruvchi, harakatchanligini ta’minlovchi pedagogik tizim sifatida foydalanish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Malaka oshirish jarayonida maktab ona tili va adabiyot o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish olingan ilmiy natijalar asosida:
malaka oshirish tizimida ona tili va adabiyot o‘qitishni takomillashtirishga doir takliflardan malaka oshirish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan malaka talablarini takomillashtirishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 29 avgustdagi 01-02/1-3-351-son ma’lumotnomasi). Natijada ona tili va adabiyot o‘qituvchilari malakasini oshirishning minimal mazmuni belgilangan;
ona tili va adabiyot o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish mazmuni «Xalq ta’limi  muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash  mazmuni hamda sifatiga qo‘yiladigan Davlat talablari» mazmuniga singdirilgan («O‘zstandart» agentligida 2013 yil 5 martda O`zDSt 2767-2013 3523-qayd raqami bilan ro‘yxatga olingan). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili va adabiyot o‘qituvchilarining malakasini oshirish kursi «Mutaxassislik fanlari» blokini takomillashtirishga imkon bergan;
malaka oshirish muassasalaridagi prinsipial yondashuvlarni, sub’ektlar hamkorligi va tinglovchining motivatsion faoliyatini faollashtirish, ona tili va adabiyot o‘qituvchilarining malakasini oshirishda «SWOT», «T» chizmasi, «Tushunchalar tahlili», «Bumerang», «Blis so‘rov», «FSMU», «Muloqot» texnologiyalari amaliyotga joriy etilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 29 avgustdagi 01-02/1-3-351-son ma’lumotnomasi). Natijada ona tili va adabiyot o‘qituvchilari malakasini oshirish jarayonida tinglovchilarning bilim darajasi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish