Yusupova Xabiba Iriskulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni millatlararo muloqotga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped375.
Ilmiy rahbar: Safarova Roxat Gaybillaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.28.09.2018.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori;  Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini millatlararo muloqotga tayyorlashning etnopedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarni millatlararo muloqotga tayyorlash jarayonining mohiyati “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” integrativ kursi bo‘yicha umummadaniy kompetensiyalarni tarkib toptirish jarayoni bilan tolerantlik madaniyatini rivojlantirishning qayta aloqasini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
umumta’lim maktablari o‘quvchilarining ijtimoiy ongini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib, matnli-dialogik, madaniyatshunoslikka oid, integrativ va kontekstli yondashuvlarni uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilarni millatlararo muloqotga tayyorlashning etnopedagogik shart-sharoitlari takomillashtirilgan;
maktab, oila va madaniy-ma’rifiy muassasalar hamkorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan kollaborativ ta’lim texnologiyasiga asoslangan kognitiv, interfaol, kreativ, ijtimoiy-madaniy bosqichlarini kiritish orqali o‘quvchilarni millatlararo muloqotga tayyorlash mazmuni takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni millatlararo muloqotga tayyorlashni ta’minlashga xizmat qiladigan didaktik ta’minot etnoturizm, etnoekskursiya, virtual ekskursiya, teatr studiyasini tashkil etish bo‘yicha dialogli, muammoli, empatik, art va o‘yin terapiya mashg‘ulotlarini intensiv loyihalash mexanizmini joriy etish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini millatlararo muloqotga tayyorlash bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarni millatlararo muloqotga tayyorlash jarayonining mohiyati, “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” integrativ kursi bo‘yicha umummadaniy kompetensiyalarni tarkib toptirish jarayoni bilan tolerantlik madaniyatini rivojlantirishning qayta aloqasini ta’minlashga doir takliflardan “O‘zbek tili”, “Rus tili”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fanlari bo‘yicha malaka talablarini takomillashtirishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 30 maydagi 01-02/2-2-162-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni millatlararo muloqotga tayyorlashda fanlararo aloqadorlikni ta’minlashga erishilgan;
matnli-dialogik, madaniyatshunoslikka oid, integrativ va kontekstli yondashuvlarni uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilarni millatlararo muloqotga tayyorlashning etnopedagogik shart-sharoitlari, maktab, oila va madaniy-ma’rifiy muassasalar hamkorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan kollaborativ ta’lim texnologiyasiga asoslangan kognitiv, interfaol, kreativ, ijtimoiy-madaniy bosqichlarni aniqlashga doir taklif va tavsiyalar F1-XT-1-31247 raqamli “O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi” mavzusidagi loyiha doirasida amaliyotga tatbiq etilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 30 maydagi 01-02/2-2-162-son; Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 1 iyundagi 89-03-2344-son ma’lumotnomalari). Natijada ta’lim-tarbiya jarayonida tolerantlik, pragmatik va praksiologik pedagogika imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
etnoturizm, etnoekskursiya, virtual ekskursiya, teatr studiyasini tashkil etish bo‘yicha dialogli, muammoli, empatik, art va o‘yin terapiya mashg‘ulotlarini intensiv loyihalash mexanizmini joriy etish asosida o‘quvchilarni millatlararo muloqotga tayyorlashning didaktik ta’minotidan FZ-2016-0909111822 raqamli  “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi loyiha doirasida interfaol mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazish jarayonida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 1 iyundagi 89-03-2344-son ma’lumotnomasi). Natijada “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘quvchilarni millatlararo muloqotga tayyorlashning kollaborativ texnologiyasidan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish