Turdiboev Dilshod Xamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Akademik liseylarda pedagogik texnologiyani qo‘llab, geometriyani o‘qitish metodikasi va amaliyoti” 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped322.
Ilmiy rahbar: Tajiev Mamarejab, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi PhD.28.03.2018.Ped.02.05  raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sattorov Ermamat Norqulovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Taylaqov Norbek  Isaqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: akademik liseylarda pedagogik texnologiyalar asosida geometriya o‘qitish metodikasini takomillashtirish va amaliyotga joriy qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda  geometriya o‘quv fanidan teoremalarni mustaqil isbotlash ko‘nikmasini shakllantirishning asosiy talablari va o‘zlashtirish ko‘rsatkich(nazariy, amaliy, mantiqiy, deduktiv va induktiv xulosa)larini aniqlovchi pedagogik mezonlarning o‘zaro aloqadorligi kvalimetrik ko‘rsatkichlar asosida aniqlashtirilgan;
akademik liseylardagi geometriya o‘quv fani ta’lim  mazmuni texnologik yondashuv (o‘quv materialini: tabaqalashtirish, individuallashtirish, tayanch tushunchalarni o‘zlashtirish darajalari bilan bog‘lash, o‘z-o‘zini o‘zlashtirish darajasini aniqlash va qayta o‘zlashtirishga imkoniyat yaratish) tamoyillari asosida takomillashtirilgan;
akademik liseylardagi geometriya o‘quv fani mazmunini bilimlarni chuqur o‘zlashtirishni nazarda tutadigan didaktik o‘quv maqsadlari asosida o‘quv materialini o‘zlashtirish (bilish, tushunish, amalda qo‘llash, tahlil, sintez, xulosa yasash) darajalari bo‘yicha topshiriqlar tuzish usullari ishlab chiqilgan;
zamonaviy axborot texnologiyalari vositasidan foydalanib, o‘quvchilarni geometriya o‘quv fanidan teoremalarni mustaqil isbotlash ko‘nikmasini shakllantirish (o‘quv materialni: tayanch  tushuncha va tayanch teoremalarga ajratib o‘rgatish, bosqichma-bosqich  o‘zlashtirish) xususiyatlari ustuvorligi asosida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish jarayoni takomillashtirilgan;
akademik liseylar geometriya ta’limi jarayonida pedagogik texnologiya imkoniyat(pedagogik mezonlar, texnologik yondashish tamoyillari, o‘zlashtirish darajalari bo‘yicha topshiriqlar ishlab chiqish, AKTdan foydalanish)lari ustuvorligini ta’minlash asosida geometriya o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Akademik liseylarda geometriya o‘quv fanini o‘qitishda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tadqiqot ishi natijalari asosida:
o‘quvchilarda  geometrik teoremalarni mustaqil isbotlash ko‘nikmasini shakllantirishning asosiy talablari va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini aniqlovchi pedagogik mezonlarning o‘zaro aloqadorligi va didaktik o‘quv maqsadlar asosida o‘quv materialini o‘zlashtirish darajalari bo‘yicha topshiriqlar tuzishga oid takliflar akademik liseylarda geometriya o‘quv fani mazmunini va o‘qitish metodikasini takomillashtirish jarayonida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 29 sentyabrdagi  89-03-2139-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy-metodik taklif va tavsiyalar akademik liseylar o‘qituvchilarining kommunikativ, ijodkorlik va kasbiy kompetentlilik sifatlarini rivojlantirishga yo‘naltiruvchi didaktik vosita sifatida xizmat qilgan.
Akademik liseylar geometriya fani o‘quv mazmunini pedagogik tamoyillar va zamonaviy axborot texnologiya imkoniyatlari asosida geometriya o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan (ITD-1-45) raqamli “Pedagogik texnologiyaning milliy modeli asosida o‘quv mashg‘ulotlarning loyihasini tuzish va amaliyotda qo‘llash” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 28 fevraldagi  89-03-897-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha doirasida ishlab chiqilgan ilmiy ishlanmalar matematika ta’limida ilmiy-nazariy ma’lumotlardan keng foydalanish, o‘quv-metodik ta’minot yaratish va o‘qitish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan.
Akademik liseylarda pedagogik texnologiyalar asosida geometriya o‘qitish metodikasini takomillashtirish va pedagogik texnologiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tafsiyalardan A-1-33 raqamli “Oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv fanlarining modulli o‘qitish metodikasi va amaliyoti (“Matematika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi misolida)” mavzusidagi 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan amaliy loyihaning 5.3 bandini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 28 fevraldagi  89-03-897-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tafsiyalar akademik liseylarda geometriya o‘qitish metodikasini takomillashtirish, pedagogik imkoniyatlarini kengaytirish  va geometriya ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish