Shodieva Matluba Jo‘raevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari malakasini oshirish tizimining o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyaci va metodikaci (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped356.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Cayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika univerciteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Mardonov Shukrillo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, profeccor; Mirsolieva Muhabbat Tuxtasinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari malakasini oshirish tizimining o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari malakasini oshirish kurslarida kasbiy ehtiyojlarga asoslangan o‘quv-metodik ta’minotni ish beruvchilarning ehtiyojlarini ona tili fanini o‘qitishning A1, A1+ standart darajalariga mos malaka talablariga optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining malakasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik ta’minotning amaliy-texnologik modeli kasbiy kompetentlikni ta’minlovchi komponentlarni o‘qituvchilarning faoliyati davomida davriy va uzluksiz metodik tayyorgarligini tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanganlik kompetensiyalarining pedagogik imkoniyatlari o‘qituvchining tayanch, xususiy va metodik tayyorgarligini diagnostik loyihalash asosida kengaytirilgan;
boshlang‘ich cinf o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatida mustaqil ta’lim orqali uzluksiz malaka oshirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan “Ona tili o‘qitish metodikasi” fani bo‘yicha “www.bsom.uz” nomli veb-sayt yaratilgan va amaliyotga joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari malakasini oshirish tizimining o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari malakasini oshirish kurslarining “Ona tili o‘qitish metodikasi” fani bo‘yicha o‘quv-metodik ta’minotning amaliy-texnologik modelini takomillashtirishga doir takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 30 noyabrdagi 877-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari malakasini oshirish kurslarining tayanch rejasi asosida tayyorlangan “Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitish metodikasi” va “Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar” moduli bo‘yicha o‘quv-metodik resurslarni ishlab chiqishda nazariy hamda amaliy material sifatida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 maydagi 89-03-1962-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari malakasini oshirish kurs tinglovchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
“Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligi rivojlanganligini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini takomillashtirish yuzasidan bildirilgan takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 30 noyabrdagi 877-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 maydagi 89-03-1962-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, malaka oshirish jarayonida o‘rganganlarini amalda qo‘llay olish malakalarini rivojlantirish hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini takomillashtirish metodikasini ishlab chiqish orqali ta’lim jarayoni samaradorligi oshirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari malakasini oshirishda monoloyihalashtirish, konstruksiyalash, media modellashtirish, baholash va tatbiq etish texnologiyalariga qo‘yilgan metodik talablarga doir takliflardan A-1-23 raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun mul`timediali dars ishlanmalari majmuasini yaratish” (2015-2017 yy.) mavzusidagi amaliy loyiha doirasida mul`timediali dars ishlanmalarini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 maydagi 89-03-1962-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma, elektron axborot ta’lim resursi yaratilgan hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari malakasini oshirish tizimi o‘quv-metodik ta’minotining amaliy-texnologik komponentlari mazmuni va tashkiliy-metodik asoslari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish