Narzieva Nargiza Norkuzievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumta’lim maktab o‘quvchilarida tayanch kompetensiyalar asosida tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish” 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped140.
Ilmiy rahbar: Taylakov Norbek Isakulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05.
Rasmiy opponentlar: Mahmudov Mels Hasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumta’lim maktablari o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalar asosida tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlarini nazariy va amaliy jihatdan takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda tadqiqotchilik ko‘nikmalari shakllanganligini aniqlash mezonlari (muammoning ehtiyojga mosligi, rejalashtirish va usullarni tanlash, qarorlar qabul qilish, muammoning tushunarliligi va ilmiyligi) tayanch kompetensiyalar mazmunining integrativ ta’siriga (intiluvchanlikka, yaratuvchanlikka, mantiqiy fikrlashga, izlanuvchanlikka, yangilikka, analitik va sintetik fikrlashga) ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
tadqiqotchilik faoliyatiga xos prognozlash, loyihalash, modellashtirish metodlari tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlanish darajasining optimal pedagogik-psixologik prinsiplarini (mantiqiylik, tizimlilik, ko‘pqirralilik) belgilash asosida takomillashtirilgan;
tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish bosqichlari evristik-produktiv faoliyatli ta’lim texnologiyalarining tadqiqotchilikka yo‘naltiruvchi xossalaridan (muammoli vaziyat yaratish, o‘quv farazlarini shakllantirish, tasniflash, taqqoslash, tizimlashtirish, aniqlashtirish, isbotlash) foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda intelektuallik va ijodiy-yaratuvchanlikni rivojlantirishga oid ilmiy-metodik ta’minot umumta’lim mazmuni uchun ma’lumotlar tahlili, tezkor qarorlar qabul qilish, qo‘llash, muammoli va ijodiy mashqlar kompleksini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tayanch kompetensiyalar asosida o‘quvchilarda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish bosqichlari, evristik-produktiv faoliyatli ta’lim texnologiyalarining tadqiqotchilikka yo‘naltiruvchi xossalaridan foydalanishga doir takliflar Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari” mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 5 martdagi 01-02/2-2-76-son ma’lumotnomasi). Mazkur malaka talablari umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan umumta’lim fanlari mazmunini ishlab chiqish, o‘quvchilar bilimini baholash sifatini oshirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarda tadqiqotchilik ko‘nikmalari shakllanganligini aniqlash mezonlari, tayanch kompetensiyalar mazmunining integrativ ta’siriga doir takliflardan Xalq ta’limi vazirining 2017 yil 3 iyuldagi “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish to‘g‘risidagi”gi 190-son buyrug‘ini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 5 martdagi 01-02/2-2-76-son ma’lumotnomasi). Ushbu o‘quv dasturlari umumiy o‘rta ta’limning o‘quv jarayonlarini tashkil etish, fanga oid darslik va o‘quv qo‘llanmalarni takomillashtirish imkoniyatini yaratgan;
tadqiqotchilik faoliyatiga xos prognozlash, loyihalash, modellashtirish metodlari tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlanish darajasining optimal pedagogik-psixologik prinsiplari, o‘quvchilarda intellektuallik va ijodiy-yaratuvchanlikni rivojlantirishga oid ilmiy-metodik ta’minot, umumta’lim mazmuni uchun ma’lumotlar tahlili, tezkor qarorlar qabul qilish, qo‘llash, muammoli va ijodiy mashqlar kompleksiga doir ilmiy asoslangan tavsiyalardan A1-XT-1-19701 raqamli “O‘quvchilarning o‘quv-biluv imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladigan vaziyatlarni loyihalash mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 5 martdagi 01-02/2-2-76-son ma’lumotnomasi). Loyiha doirasida “O‘quvchilarda do‘stona munosabatlar asosida hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonining mazmuni” nomli metodik qo‘llanma ishlab chiqilib, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq qilingan.