Sayt test rejimida ishlamoqda

Ravshanov Lochinbek Urinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy harbiy xizmatchi imijining psixologik jihatlari”, 19.00.01–Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi bo‘yicha (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/P125.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc27.06.2017.Psi.01.07.
Rasmiy opponentlar: Jabbarov Azim Melikulovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Xalilova Nargiza Ikromalievna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy harbiy xizmatchi imijining psixologik jabhalarini aniqlash va ularni tadqiq etishning uslubiy jihatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy xizmatchining turmushdagi real va ideal motivlari orqali imijga xos yashash sharoitini yaxshilovchi, ijtimoiy maqomini ko‘taruvchi, ijodiy va ijtimoiy faollikni ta’minlovchi “ijtimoiy dadillik”, “mas’uliyatlilik”, “sabr-bardoshlilik”, “ijtimoiy faollik” kabi psixologik xususiyatlari aniqlangan;
harbiy xizmatchi imijini tavsiflovchi etakchi psixologik omillarni aniqlash orqali harbiy xizmatchi imijining ijobiy va salbiy psixologik sifatlari aniqlangan;   
harbiy xizmatchi imijini shakllantiruvchi “intellektuallik”, “etakchilikka intilish”, “faollik”, “sezgirlik”, “o‘zini o‘zi tartibga solish” kabi etakchi psixologik sifatlar orqali “harbiy xizmatchining psixologik portreti”ning uslubiy ta’minoti ishlab chiqilgan;
harbiy xizmatchi imijining rasmiy va kasbiy munosabatlarini belgilovchi jamiyat va davlatga, harbiy jamoa va o‘rtoqlariga, harbiy xizmat va o‘ziga munosabati kabi sifatlarini aniqlash orqali zamonaviy harbiy xizmatchi imijini aks ettiruvchi mezonlar tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zamonaviy harbiy xizmatchi imijining psixologik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
harbiy xizmatchilarning yashash sharoitini yaxshilash va ijtimoiy maqomini ko‘tarish uchun ijodiy va ijtimoiy faollikni ta’minlashga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalarining faoliyatida amaliyotga tatbiq etilgan (Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasining 2019 yil 29 iyuldagi 14/2614-son ma’lumotnomasi). Natijada harbiy xizmatchining ijodiy va ijtimoiy faolligini ta’minlashga ijobiy ta’sir etgan;
fuqarolarni oliy harbiy ta’lim muassasalariga saralab olishda “harbiy xizmatchi imijining ijobiy va salbiy psixologik sifatlari” bo‘yicha olingan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalari faoliyatida foydalanilgan (Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasining 2019 yil 29 iyuldagi 14/2614-son ma’lumotnomasi). Natijada harbiy xizmatchining psixologik sifatlarini aniqlash ishlarining ilmiy va amaliy ta’minoti kuchayishiga xizmat qilgan;
harbiy qism va muassasalarda “Harbiy xizmatchilarning psixologik pasporti”ni mujassamlashtirishda “harbiy xizmatchining psixologik portreti”ga oid xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalarining faoliyatida amaliyotga tatbiq etilgan (Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasining 2019 yil 29 iyuldagi 14/2614-son ma’lumotnomasi). Natijada harbiy xizmatchining shaxsiy-kasbiy fazilatlari bilan ishlashda individual yondashuv uslubiyatini takomillashtirishga erishilgan;
“Taktik o‘quv”larda harbiy xizmatchini jamiyat va davlatga, harbiy jamoa va o‘rtoqlariga, harbiy xizmat va o‘ziga munosabati aniqlash maqsadida “zamonaviy harbiy xizmatchi imijini aks ettiruvchi mezonlar tizimi” bo‘yicha olingan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalari faoliyatida foydalanilgan (Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasining 2019 yil 29 iyuldagi 14/2614-son ma’lumotnomasi). Natijada harbiy xizmatchining vatanparvarlik, harbiy burch va ma’suliyat kabi tuyg‘ularini rivojlanishiga ijobiy ta’sir etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish