Tosheva Nurzoda Toshtemirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bilish faoliyatini rivojlantiruvchi o‘quv vaziyatlarini tashkillashtirishning didaktik shart-sharoitlari», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped114.
Ilmiy rahbar: Safarova Roxat Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.20.02.
Rasmiy opponentlar: Raximov Baxtiyor Xudayberdievich, pedagogika fanlari doktori; Pirniyazov Iskender Kudiyarovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bilish faoliyatini rivojlantiruvchi o‘quv vaziyatlarini aniqlash va ularni nazariy-didaktik jihatdan tashkil etishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quv vaziyatlarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bilish faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan didaktik-psixologik imkoniyatlari (muammoli topshiriqlarni echa olish, o‘zaro yordam, o‘z-o‘zini baholash, o‘zaro musobaqalashish, mustaqil qaror qabul qilish)ni kengaytirish asosida o‘qituvchi shaxsining individual yondashuvi hamda o‘quvchilar bilish faoliyatini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bilish faoliyatini rivojlantiruvchi o‘quv vaziyatlarining didaktik tizimi kognitiv xarakterdagi maxsus didaktik jarayonlarda o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantirish metodlari (yangiliklarni qabul qilishga o‘rgatish, mantiqiy fikrlashga undash, ijodiy mustaqil ishlashni tashkil etish), o‘quv vaziyatlari turlarini aniqlash va klassifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
“Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bilish faoliyatini rivojlantiruvchi o‘quv vaziyatlarini tashkil etishga yo‘naltirilgan didaktik jarayon modeli” ta’lim oluvchilarda tayanch kompetensiyalarni (kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o‘zini o‘zi rivojlantirish hamda milliy va umummadaniy kompetensiya) shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quv vaziyatlarini tanlash, tizimlashtirish va loyihalashtirishga oid tavsiyalar o‘quvchilar bilish faoliyatini  rivojlantiruvchi o‘quv vaziyatlarini tashkil etishning didaktik shart-sharoitlari (didaktik xususiyatlari, amalga oshirish bosqichlari, texnologiyalari)ni aniqlash asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bilish faoliyatini rivojlantiruvchi o‘quv vaziyatlarini tashkil etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bilish faoliyatini rivojlantiruvchi o‘quv vaziyatlarini tashkil etishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari va didaktik shart-sharoitlarini aniqlash yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari”da belgilangan tayanch kompetensiyalarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 5 iyundagi 01-02/2-2-171-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bilish faoliyatini rivojlantiruvchi o‘quv vaziyatlarini tashkil etishga yo‘naltirilgan didaktik jarayon modeli ishlab chiqilgan va ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuvning amalga oshishiga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish, ijodiy mustaqil fikrlashga o‘rgatish, vaziyatlarni to‘g‘ri baholash, o‘z fikrini asoslash, muloqotga kirishish ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid o‘quv vaziyatlarini turkumlashtirishga yo‘naltirilgan mualliflik g‘oyalaridan A1-XT-1-19701  raqamli “O‘quvchilarning o‘quv-biluv imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladigan vaziyatlarni loyihalash mexanizmlari” (2012–2014 yy.) amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 6 noyabrdagi 01-02/1-7-471-son ma’lumotnomasi). Natijada “Pedagogika” ensiklopediyasining II jildidagi mavzularga oid so‘zlarning sharhi takomillashtirilgan va o‘quv vaziyatlarini yaratishga oid imkoniyatlar kengaytirilgan;
 o‘quv vaziyatlarini tanlash, tizimlashtirish va loyihalashtirishga oid tavsiyalar A1-XT-1-19701  raqamli “O‘quvchilarning o‘quv-biluv imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladigan vaziyatlarni loyihalash mexanizmlari” (2012–2014 yy.) amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 6 noyabrdagi 01-02/1-7-471-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim jarayonida o‘quv vaziyatlaridan foydalanishga doir tavsiyalar o‘quvchilarning bilish faolligini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish