Salaeva Muhabbat Saburovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek pedagogikasi tarixini davrlashtirishning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Ped11.
Ilmiy maslahatchi: Xaydarov Mamat Eshqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.20.02.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Safarova Roxat Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Allambergenov Kenesbay, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek pedagogikasining shakllanish va rivojlanish tarixini davrlashtirishning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika tarixini davrlashtirishga oid ilmiy nazariy yondashuvlar (xronologik, sinxron) milliy madaniyatni rivojlantirishning konseptual asoslariga tayangan holda nazariy-empirik jihatdan milliy tariximizga ustuvorlik berib, izchillik va haqqoniylik tamoyili asosida takomillashtirilgan;
qadimgi yozma yodgorliklarda ifodalangan pedagogik ta’limotlardan tortib XX asrning 20-yillarigacha bo‘lgan davr ichida vujudga kelgan yondashuvlar, ta’lim-tarbiyaning mazmuni, maqsadi va usullari bilan bog‘liq musulmon ta’lim tizimi va yangi usul maktablaridagi o‘quv jarayonini aniqlashtirish asosida pedagogika tarixi kursining mazmuni takomillashtirilgan;
sobiq sovet hokimiyati yillarida o‘zbek pedagogikasi tarixining rivojlanish yo‘nalishlari va mazmuni dialektik materializm hamda kommunistik tarbiya metodologiyasi asosida tanlanganligi hamda ushbu metodologiya ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan pedagogik ta’limotlarni xaqqoniy o‘rganishga imkon bermaganligi nazariy-empirik jihatdan asoslangan;
mustaqillik yillarida “milliy g‘oya” va “inson – oliy qadriyat” tamoyili asosida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiyalashga qaratilgan ilmiy pedagogik tadqiqot yo‘nalishlari aniqlashtirilgan va pedagogika fanining metodologik asosi ta’lim mazmunini ajdodlarimizning ilg‘or qarashlari bilan boyitishga ustuvorlik berib takomillashtirilgan;
tarixiy-tadrijiy taraqqiyotning turli davrlarida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan pedagogik ta’limotlar davrlashtirishning umumiy qonuniyatlari (muddat va oraliq, harakatlar bosqichi, taraqqiyot sifati) va turlari (rasmiy, dialektik) asosida yangi kontekstda tahlil qilingan va ulardan amaldagi ta’lim tizimida foydalanish mezonlari, darajalari va indikatorlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek pedagogikasi tarixini davrlashtirishning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
pedagogika tarixini davrlashtirishga oid ilmiy nazariy yondashuvlar, tarixiy-tadrijiy taraqqiyotning turli davrlarida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan pedagogik ta’limotlar va o‘zbek pedagogikasi tarixini yangi kontekstda davrlashtirishga tegishli nazariy yondashuvlarni takomillashtirishga oid takliflardan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejasiga kiritilgan “Umumiy pedagogika” va “Pedagogika tarixi” o‘quv fanlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 29 avgustdagi 89-03-1735 va 2019 yil 17 iyundagi 89-04-1214-son ma’lumotnomalari). Natijada mazkur takliflar pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ishchi o‘quv dasturlarining mazmunini takomillashtirishga va o‘quv qo‘llanmalarni yaratishga xizmat qilgan;
qadimgi yozma yodgorliklarda ifodalangan pedagogik ta’limotlardan tortib XX asrning 20-yillarigacha bo‘lgan davr ichida vujudga kelgan yondashuvlar, ta’lim-tarbiyaning mazmuni, maqsadi va usullari bilan bog‘liq musulmon ta’lim tizimi va yangi usul maktablaridagi o‘quv jarayonini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalar FZ-2016 0909111822 raqamli “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” (2016–2019 yy.) mavzusidagi fundamental hamda A-1-197 raqamli “Navoiy adabiy pedagogik merosi o‘rni va ahamiyatini tadqiq etish” (2015–2017 yy.) mavzusidagi amaliy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 iyundagi 89-04-1214-son ma’lumotnomasi). Mazkur fundamental loyihada ishlab chiqilgan pedagogika tarixini davrlashtirishga doir modelning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida talabalarning pedagogik faoliyatta doir bilim, ko‘nikma va malakalarini boyitishga erishilgan;
mustaqillik yillarida “milliy g‘oya” va “inson – oliy qadriyat” tamoyili asosida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiyalashga qaratilgan ilmiy pedagogik tadqiqot yo‘nalishlari aniqlashtirishga pedagogika fanining metodologik asosini ajdodlarimizning ilg‘or qarashlari bilan boyitishga doir taklif va tavsiyalaridan FD-XT-1-55237 raqamli “Pedagogik atamalar mazmunini modernizatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” lavlat ilmiy nashiryoti – Toshkent. – 2017.; Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 31 yanvardagi 89-03-518-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha asosida yaratilgan “Pedagogika” ensiklopediyasining 3-jildi yaratilgan hamda talabalarning tarixiy tafakkurini oshirilishiga xizmat qilgan.
tarixiy-tadrijiy taraqqiyotning turli davrlarida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan pedagogik ta’limotlar davrlashtirishning umumiy qonuniyatlari va turlari asosida pedagogika tarixini yangi kontekstda tahlil qilishga doir tavsiyalaridan FD-XT-1-55237 raqamli “Pedagogik atamalar mazmunini modernizatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 31 yanvardagi 89-03-518-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha asosida yaratilgan o‘quv materiallar “Pedagogik fikrlar tarixi” va “Pedagogika tarixi” maxsus fanlarining o‘quv mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan.