Sayt test rejimida ishlamoqda

Abduxairov Ravshan Ashuralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mehnat ta’limi o‘qituvchilarida kasbiy-pedagogik madaniyatni uzluksiz rivojlantirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped361.
Ilmiy rahbar: Yuzlikaev Farit Rafaylovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.20.02.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziev Erkin Iskandarovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Seytmuratov Qalbay, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Guliston davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nazariy va texnologik tayyorgarlik vositalarini takomillashtirish orqali mehnat ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik madaniyatini uzluksiz rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik madaniyati komponentlarini (aksiologik, texnologik, shaxsiy-ijodiy sifatlar)  uzluksiz rivojlantirish imkoniyatlari (tizimli rejalashtirish, didaktik ta’sir sikllari, muvofiqlashtirish) innovatsion yondashuv va pedagogik shart-sharoitlarning uzviyligi asosida aniqlashtirilgan;
kasbiy faoliyatning diagnostik mezonlari va pedagogik vositalarini integratsiyalash asosida mehnat ta’limi o‘qituvchilari kasbiy-pedagogik madaniyati tuzilmasining funksional jihatlari (loyihalash, texnologik tahlil) va komponentlari (kognitiv, refleksiv-loyihalash, shaxsiy, ijodiy, faoliyatli, hissiy-amaliy, dunyoqarash) mazmuni takomillashtirilgan;
mehnat ta’limi o‘qituvchilarining innovatsiyalarga ijobiy munosabatlari (faol, konstruktiv, emotsional) va kasbiy-pedagogik madaniyatini uzluksiz rivojlantirish tizimi shaxsiy-faoliyatli yondashuv omillari (genotipik, ijtimoiy faollik, reaktivlik, refleksiv) asosida takomillashtirilgan;
mehnat ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik madaniyati  asosini tashkil etuvchi kasbiy  ko‘nikmalar (nazariy-metodologik, texnologik-metodik) va kasbiy ahamiyatga ega axloqiy-ma’naviy sifatlarni uzluksiz rivojlantirish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mehnat ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik madaniyatini uzluksiz rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
 mehnat ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik madaniyati komponentlarini  uzluksiz rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlashga doir takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi 1026-son qarorining 2-ilovasi – “Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining pedagogik xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish to‘g‘risida nizom” asosida me’yoriy-metodik hujjatlarni takomillashtirishda  foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 29 maydagi 01-02/2-2-156-son ma’lumotnomasi). Ushbu me’yoriy hujjatlar mehnat ta’limi o‘qituvchilari kasbiy-pedagogik madaniyatining aksiologik, texnologik va shaxsiy-ijodiy komponentlarini uzluksiz rivojlantirishga xizmat qilgan;
mehnat ta’limi o‘qituvchilarining innovatsiyalarga ijobiy munosabatlari va kasbiy-pedagogik madaniyatini uzluksiz rivojlantirishga doir takliflardan Xalq ta’limi vazirining 2018 yil 7 fevraldagi “Metodik xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, metodistlar faoliyati samaradorligini o‘rganish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha amaliy o‘quv seminarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 35-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan diagnostik materiallarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 29 maydagi 01-02/2-2-156-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya fanining o‘quv dasturi va metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
mehnat ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik madaniyatini uzluksiz rivojlantirish tizimini shaxsiy-faoliyatli yondashuv omillariga asoslangan holda rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi 1026-son qarorining 2-ilovasi – “Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining pedagogik xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish to‘g‘risida nizom” asosida o‘quv-metodik ta’minotini yaratishda   foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 29 maydagi 01-02/2-2-156-son ma’lumotnomasi). Natijada mehnat ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik madaniyatini uzluksiz rivojlantirish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish