Alimova Guzal Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Rekreatsion-turistik salohiyatdan samarali foydalanish asosida mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish (Toshkent viloyati misolida)», 08.00.12–Mintaqaviy iqtisodiyot, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt537
Ilmiy rahbar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.30.05.2018.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Navruz-zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ermamatov Shonazar Jumakulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini xizmat ko‘rsatish tarmoqlari, jumladan rekreatsion-turistik salohiyatdan samarali foydalanish orqali amalga oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent viloyatini sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi, transport tarmoqlari, bank-moliya tizimi va xizmat ko‘rsatish o‘rtasidagi sohalararo bog‘liqlikni takomillashtirishga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish mexanizmi taklif etilgan;
mintaqaning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish, zamonaviy xizmat ko‘rsatish tizimi va samarali rekreatsion faoliyat uchun zarur bo‘lgan ekoklasterni rivojlantirish maqsadida Boshqizil uchastkasida ekorekreatsion iqtisodiy zonani tashkil etish tavsiya etilgan;
Toshkent viloyatining mamlakat YaIMdagi hissasini oshirish, xo‘jalik sub’ektlarining rekratsion-turistik xususiyatlarini hisobga olgan holda servis xizmatlarini sifat-miqdor jihatdan muvofiqlashtirish  maqsadida mintaqada kichik rekreatsion-turistik zonani tashkil etish zaruriyati asoslangan;
hududlarda iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish, atrof-muhit muhofazasini ta’minlash hamda rekreatsion faoliyatni tartibga solish maqsadida huquqiy-me’yoriy xujjatlarni “jismoniy va yuridik shaxslarga er uchastkalari va boshqa tabiiy ob’ektlarni ajratish mumkin” degan qo‘shimcha band bilan to‘ldirish zaruriyati asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda rekreatsion-turistik salohiyatdan samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Toshkent viloyatini xizmat ko‘rsatish sohasi asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish mexanizmidan “Chorvoq erkin turistik zonasini rivojlantirish konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda Toshkent viloyati hokimiyati tomonidan foydalanilgan (Toshkent viloyati hokimligining 2018 yil 18 apreldagi SN-4-2858-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar Toshkent viloyatini sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi, transport tarmoqlari, bank-moliya tizimi va xizmat ko‘rsatish o‘rtasidagi sohalararo bog‘liqlikni takomillashtirishga xizmat qilgan;
mintaqaning tog‘oldi hududlarida, jumladan, Boshqizil uchastkasida ekorekreatsion zonani tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvoq erkin turistik zonasini rivojlantirish konsepsisi”ni va 2017 yil 16 avgustdagi “2018–2019 yillarda turizm sohasini rivojlatirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3217-son qarori loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 27 apreldagi 03-09/2223-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy qilinishi mintaqaga investisiyalarni jalb qilish, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va tabiiy-iqtisodiy resurslar salohiyatidan samarali foydalanish imkonini bergan;
Parkent tumanida kichik rekreatsion-turistik zonani tashkil etish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida “Tuyabo‘g‘iz”, “So‘qoq”, “Lashkarek” kichik turistik zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqishda (Toshkent viloyati hokimiyatining 2018 yil 18 iyundagi SN-4-2858-son ma’lumotnomasi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi “2018–2019 yillarda turizm sohasini rivojlatirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  PF-3217-son farmoni loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 27 apreldagi 03-09/2223-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy nomutanosibliklarni yumshatish, depressiv mintaqalarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga hamda viloyatda ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilgan;
me’riy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi qonunining 6-moddasiga “jismoniy va yuridik shaxslarga er uchastkalari va boshqa tabiiy ob’ektlarning ajratilishi mumkin” degan qo‘shimcha bandni kiritishda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida Ekologik harakati deputatlari guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini muhokama qilish va ishlab chiqishda foydaldanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologik harakati deputatlar guruhining 2018 yil 16 maydagi 17/395-son ma’lumotnomasi), Mazkur takliflar Toshkent viloyatida iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish, ixtisoslashuvni chuqurlashtirish, qo‘riqlanadigan hududlar muhofazasini ta’minlash, rekreatsion resurslarni saqlab qolishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish