Xonxujaeva Anzurat Sultonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tojik tilining to‘y va motam marosimlariga oid etnografik leksikasi (Samarqand lahjasi asosida)”, 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (Tojik tili va tojik adabiyoti) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil733.
Ilmiy rahbar: Istamova Marhabat Djuraevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.Fil.02.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shokirov Tug‘ral Sirojevich, filologiya fanlari doktori, professor; Axmedova Dilfuza Rafukjanovna, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand hududida yashovchi tojiklar shevasidagi to‘y va motam marosimlariga oid etnografik leksikasini tadqiq etish orqali bilingvizm hodisasining etnografik birliklarda aks etishini ko‘rsatish, hududdagi tojiklar tilida qo‘llanuvchi etnografizmlarning leksik-semantik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy  yangiligi:
o‘zbek va tojik xalqlarining urf-odat va ma’naviy qadriyatlarining o‘zaro o‘xshashligi har ikki tildagi etnografik leksikaning shakllanishi va rivojlanishiga barakali ta’sir qilganligi, etnografik so‘zlarning etimologiyasida ham shu holat muhim rol` o‘ynagani asoslangan;
tojik tilining Samarqand lahjasi etnografik leksikasi mahalliy aholining milliy-madaniy turmush tarzi, urf-odatlari va an’analariga mos ravishda tarkib topgani hamda bu leksik qatlam o‘zbek-tojik bilingvizmi sharoitida shakllangani dalillangan;
oilada farzandning tug‘ilishi va parvarishi bilan bog‘liq bo‘lgan aqiqa, ism qo‘yish, beshikka solish, chilla, soch olish, tish chiqish marosimlari, muchal va sunnat to‘ylari bilan bog‘liq etnografizmlarning etnolingvistik, etimologik, leksik-semantik xususiyatlari ochib berilgan;
motam va to‘y marosimlarini o‘tkazish bilan bog‘liq leksik qatlamning etnolingvistik jihati, ma’noviy-tematik guruhlari aniqlangan, ularning nutqiy iste’moldagi lug‘aviy va semantik xususiyatlari asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tojik tilining to‘y va motam marosimlariga oid etnografik leksikasi olingan ilmiy natijalar asosida:
Samarqand tojiklari lahjasidagi etnografizmlar boshqa viloyat tojiklarining etnografizmlaridan o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajratib turganligi xususidagi xulosalardan OF-F8-027 raqamli “Qo‘lyozma manbalarning milliy ma’naviy va adabiy meros targ‘ibotidagi ahamiyati” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 apreldagi 89-03-1335-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotda tatbiq etilishi tilshunoslik, etnologiya va etnografiya sohalariga doir terminlarning mazmun-mohiyati hamda tojik-o‘zbek ikki tilligiga doir ilmiy tushunchalarning mazmunini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
Samarqanddagi tojik xalqining marosimga xos lahjasida boshqa xalq tilidan o‘tgan: turkcha-o‘zbekcha, arabcha, ruscha va aralash [gibrid] so‘zlarni ham ko‘rish mumkinligi to‘g‘risidagi xulosalardan OT-F8-062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 apreldagi 89-03-1335-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilar Samarqand viloyati tojik va o‘zbek tillariga xos leksemalarning hosil bo‘lishi yo‘llari xususida ma’lumotga ega bo‘lgan;
Samarqand shevasidagi etnografizmlarning o‘ziga xos xususiyatlariga egaligi, o‘zbek va tojiklarning etnografizmlarida ham ko‘plab o‘xshashliklar mavjudligi yuzasidan keltirilgan ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” telekanalining “Ijod zavqi”, “Bedorlik”, “Adabiy jarayon”, “Etnoglobus” dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali DUKning 2019 yil 27 martdagi O`Z/K-1-55-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi tomoshabinlarni Samarqandga xos etnografizmlar bilan tanishtirishda, ko‘rsatuvning qiziqarli va ommabop bo‘lishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etgan;
tadqiqot asosida yaratilgan “Lug‘ati tafsirii leksikai etnografii tochikoni Samarqand (dar asosi mavodi marosimhoi to‘y va motam)” izohli lug‘ati (978-9943-5374-1-5) tuzilgan. Bu til ta’limida o‘quvchilarning filologik bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish