Raxmonov Navro‘z Sattorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tili Navoiy viloyati shevalari morfologik xususiyatlarining lingvoareal tadqiqi», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil495.
Ilmiy rahbar: Murodova Nigora Qulievna, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy  davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSs.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ashirboev Samixon,  filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Navoiy viloyati o‘zbek shevalari bo‘yicha to‘plangan faktik materiallar asosida shevaning o‘ziga xos morfologik xususiyatlarini tavsiflash, boshqa o‘zbek shevalari, qadimgi yozma yodgorliklar tili materiallari bilan qiyoslash, ularni lingvoareal usulda o‘rganib, hududiy tarqalishini xaritalashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: o‘zbek xalq shevalarining, jumladan, Navoiy viloyati o‘zbek shevalari morfologik xususiyatlarining lingvoareal, tavsifiy, qiyosiy-tarixiy va etnolisoniy jihatlari ochib berilgan;
Navoiy viloyati o‘zbek shevalari respublikamizning barcha viloyatlari, shuningdek, qo‘shni respublikalardagi o‘zbek shevalari materiallari bilan qiyoslash orqali morfologik birliklarining areallari asoslangan;
Navoiy viloyati o‘zbek shevalarida 50 dan ortiq morfologik ko‘rsatkichning 300 dan ortiq variantlari mavjudligi dalillangan;
Navoiy viloyati o‘zbek shevalari morfologiyasi bo‘yicha to‘plangan faktik materiallar asosida mazkur shevalarning morfologik izoglossalari aniqlangan;
Navoiy viloyati o‘zbek shevalari yozma yodgorliklar tilida uchraydigan ayrim morfologik birliklar va boshqa o‘zbek shevalarida qayd etilmagan morfologik xususiyatlarni o‘zida saqlab kelayotganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Navoiy viloyati o‘zbek shevalari morfologik xususiyatlarini areal tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dialektal morfologik shakllarning xalq dostonlarida uchraydigan ko‘rinishlari, shuningdek, beshtosh, oqkiyar, qorabosipti, gulafshon kabi o‘nlab etnografizmlarning yasalishi va hududiy tarqalishiga oid nazariy xulosalardan XT-F-2-004 raqamli “O‘zbek xalq pedagogikasi va fol`klor an’analari” mavzusidagi (2008–2010) fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 1 maydagi 89-03-1706-son ma’lumotnomasi). Natijada insoniyatning badiiy tafakkuri mahsuli bo‘lgan xalq dostonlarini o‘rgatishda dialektal bilimlardan foydalanish o‘quvchilarning kompetentligini oshiruvchi vosita ekanligi ochib berilgan;
shevalardagi qo‘shma so‘zlar derivatsiyasi masalalariga oid xulosalardan OT-F8-062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi (2007–2011) fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2019 yil 1 maydagi 89-03-1706-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi natijasida dialektal qo‘shma so‘zlarning yasalishida qismlarning, o‘zbek adabiy tilidagidek, muayyan semantik, grammatik munosabatlar doirasida umumtilning qisqalik, tejamlilik tamoyillariga ko‘ra o‘zaro birikishi, shevalarda ayrim lisoniy qoliplar asosida so‘z yasalishining sermahsulligi asoslangan;
lisoniy hodisalarning areal tarqalishini belgilashga oid xulosalardan IOT–2014-1-41 raqamli “Yoshlarda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni milliy qadriyatlar negizida shakllantirish yo‘nalishidagi tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida mul`timediya o‘quv qo‘llanmasini yaratish” mavzusidagi (2015–2017) innovatsiya loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 27 maydagi 89-03-2257-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari mul`timediya va audiokitob shaklidagi o‘quv vositalarini yaratishga xizmat qilgan;
dialektal sharoitlarda o‘quvchilar nutq madaniyatini, muloqot odobini va ularning til kompetensiyasini shakllantirish va takomillashtirishga oid xulosalardan 47-09/07-13 raqamli “Kitobxonlikka yangi qadam” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 27 maydagi 89-03-2257-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar badiiy asarlar matnida uchraydigan sheva birliklarining ta’sirchanlikni oshirishdagi ahamiyati yuzasidan ma’lumotga ega bo‘lishgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish