Jalilova Nafisa Razzoqovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Badiiy matndagi qon-qarindoshlik terminlarining tipologik va struktural-semantik tavsifi» 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil779.
Ilmiy rahbar: Eltazarov Jo‘liboy Danaboevich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSs.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdug‘ofir Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori; Yo‘ldoshev Ma’rufjon Muxammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: badiiy matndagi qon-qarindoshlik terminlarini “olamning lisoniy manzarasi” lingvomaydonidagi konseptual va leksik-semantik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy matndagi qon-qarindoshlik terminlarining to‘rt arxisemasi asosida munosabatlari-ma’nodoshlik, ma’noda moslik, zidlik, shaklan moslik, jins-turlik, butun-bo‘laklik, darajalanishlik kabi integral semalar bilan guruhlarga umumlashishi hamda sememalarining arxisema va integral semalari ma’noviy reallashuvi ochib berilgan;
qon-qarindoshlik terminlari sememalari to‘rt semantik maydonga – ona urug‘ini ifodalovchi, ota urug‘ini ifodalovchi, o‘g‘il va qizning bolalarini ifodalovchi, nikohdan keyin paydo bo‘lgan terminlar arxisemalari bo‘yicha umumlashuvi, yaxlit bir semantik maydonni tashkil etishi aniqlangan va ularning “Olamning lisoniy manzarasi” lingvomaydonidagi mavqei asoslangan;
qon-qarindoshlik terminlari sememasining struktural-grammatik tarkibi va valentligi aniqlangan hamda reallashgan terminlardagi klassemalarning o‘zaro bog‘liq va bir-birini reallashtiruvchi hodisa ekanligi asoslangan;
qon-qarindoshlik terminlari sememasining differensial semasi u qo‘llangan matndagi muallif nutqi, dialogik nutq, badiiy tasvirdagi o‘rni hamda bu xususiyatning sinonimlar, antonimlar, omonimlar voqelanishidagi o‘rni aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Badiiy matndagi qon-qarindoshlik terminlarining tipologik va struktural-semantik tavsifi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Qon-qarindoshlik terminlarini modellashtirish va ma’noviy guruhlarga ajratib tahlil qilish usullari OT-F8-062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” (2008 – 2011) fundamental tadqiqot loyihasida tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 89-03-633-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy qilish qon-qarindoshlik terminlarining badiiy asar tilidagi kategorial va nokategorial belgilarini aniqlashga hamda o‘zbek tili hamda turkiy tillar tarixida derivatsiya yo‘li bilan yasalgan ba’zi qon-qarindoshlik atamalarining etimologiyasini aniqlashtirishga olib kelgan;
qon-qarindoshlik terminlarining badiiy asar tilida qo‘llanilishi o‘ziga xos tomonlari, ularning shakliy-mazmuniy tuzilishidagi tipologik, semantik va struktural-grammatik jihatlariga aloqador ilmiy xulosalar Andijon davlat universitetida bajarilgan ITD-1-57 raqamli “O‘zbek tilining tatbiqiy yo‘nalishlarini amalga oshirishning dasturini ishlab chiqarish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 89-03-633-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida o‘zbek tili qon-qarindoshlik terminlarining struktur-morfologik, struktural-grammatik o‘zgarishlarining sotsiolingvistik va psixolingvistik xususiyatlarini ta’riflab berishga erishilgan;
o‘zbek tili va turkiy tillarning leksik qatlamlari va turkiy tillardagi umumiy qon-qarindoshlik terminlari haqidagi material va xulosalardan Turkiya Respublikasidagi Firat universiteti Gumanitar va sotsial fanlar fakul`tetiga qarashli Hozirgi turkiy tillar va adabiyotlar kafedrasidagi ta’lim jarayonida, xususan: “ÇTL 311Özbek ve Yeni Uygur Türkçesi I (o‘zbek va yangi uyg‘ur tili I)”; “ÇTL312 Özbek ve Yeni Uygur Türkçesi II (o‘zbek va yangi uyg‘ur tili II)”; “ÇTL314 Özbek ve Yeni Uygur Edebiyatı (o‘zbek va yangi uyg‘ur adabiyoti)”; “ÇTL212 Türk Dilinin Sözvarlığı (turkiy tilning leksikasi)” kabi fanlarni o‘qitishda foydalanilgan (Turkiya Respublikasi Firat universitetining 2019 yil 29 apreldagi ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy qilish o‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti va turkiy tilning leksikologiyasi fanlarini o‘qitishni yaxshilashga xizmat qilgan;
qon-qarindoshlik terminlari va ularning o‘zbek xalqining oila tuzilishi bilan bog‘liq etnografik belgilarini o‘rganishdagi o‘rni haqidagi mulohazalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O’zbekiston” teleradiokanalining «Bedorlik», “Ijod zavqi”, “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” eshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘’zbekiston» DUKning 2019 yil, 22 apreldagi O’z/r-1-72-son ma’lumotnomasi). Natijada radioeshittirishlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va yangi manbalar bilan boyigan;
tadqiqot natijalari asosida yaratilgan “O‘zbek tilidagi qon-qarindoshlik terminlarining qisqacha izohli lug‘ati” yaratilgan (978-9943-5410-3). Bu til ta’limida qon-qarindoshlik terminlarini artoflicha o‘rganishga xizmat qilgan.