Alimov Baxodir Batirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘urta kompaniyalari buxgalteriya balans ko‘rsatkichlarining kompleks tahlilini takomillashtirish”,  08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt515.
Ilmiy rahbar: Shoha’zamiy Shohmansur Shohnazir o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Ne’matilla Fatxullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori; Dusmuratov Rajabboy Davletboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘urta kompaniyalari kompleks moliyaviy tahlilini buxgalteriya balansi ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligini funksiyalar ko‘rinishidagi Lagranj interpolyasiya formulasi yordamida ifodalashga asoslangan kompleks retroprognoz tahlil va kompleks prognoz metodlarini ilmiy asoslab, joriy qilish yo‘li bilan takomillashtirish bo‘yicha nazariy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘urta kompaniyalari buxgalteriya balansining aktiv va passiv bo‘limlari tarkibini tashkil etuvchi a, b, s, x, d qismlarning  o‘zaro bog‘liqligini muvozanatlashgan matematik tenglik ko‘rinishdagi, investorlar hamda menejment manfaatlariga qaratilgan modellar ishlab chiqilgan;
sug‘urta kompaniyalarining buxgalteriya balans ko‘rsatkichlari asosida moliyaviy xavfsizlik va raqobatbardoshlilik indikatorlarini hisoblab topish uslublari ishlab chiqilgan va ularning me’yoriy miqdorlari aniqlangan;
sug‘urta kompaniyalarining investorlari va menejmenti manfaatlari nuqtai nazaridan funksiyalar ko‘rinishidagi Lagranj interpolyasiya formulasi asosida yangi kompleks retroprognoz tahlil metodi hamda uning nazariy-metodologik bazisi ishlab chiqilgan;
funksiyalar ko‘rinishidagi Lagranj interpolyasiya formulasini qo‘llashga asoslangan yangi kompleks prognoz metodi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘urta kompaniyalari buxgalteriya balans ko‘rsatkichlarining kompleks tahlilini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sug‘urta kompaniyalari moliyaviy holatini baholashga oid buxgalteriya balansining matematik modellari hamda ularning nazariy-metodologik bazisiga oid takliflari “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati va “Alskom” aksiyadorlik jamiyati tomonidan buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti, ichki audit bo‘limi, moliya departamentlari faoliyatini samarali tashkil etishda foydalanilgan (“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 17 maydagi 18-12/2927-son  va “Alskom” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 15 maydagi  13-786-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflar investorlar, menejerlar va boshqa axborotdan foydalanuvchilar tomonidan maqbul qarorlar qabul qilish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilgan;
sug‘urta kompaniyalarining buxgalteriya balansi ko‘rsatkichlari asosida ishlab chiqilgan moliyaviy xavfsizlik va raqobatbardoshlilik indikatorlarini hisoblab topish metodikalari hamda ularning me’yoriy miqdorlarini aniqlash bo‘yicha takliflari “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati va “Alskom” aksiyadorlik jamiyati tomonidan buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti, ichki audit bo‘limi, aksiyalar bilan korporativ munosabatlar va investisiya departamentlarining ichki ish yuritish hujjatlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 17 maydagi 18-12/2927-son  va “Alskom” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 15 maydagi  13-786-son ma’lumotnomalari). Natija esa sug‘urta kompaniyalari buxgalteriya balansi ko‘rsatkichlari asosida aniqlangan moliyaviy holat ko‘rsatkichlarini moliyaviy xavfsizlik va raqobatbardoshlilik indikatorlari me’yorlariga mos kelish holatini ko‘rsatib bergan;
funksiyalar ko‘rinishidagi Lagranj interpolyasiya formulasi asosida yangi kompleks retroprognoz tahlil metodi bo‘yicha taklifi “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati va “Alskom” aksiyadorlik jamiyatida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalanilgan (“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 17 maydagi 18-12/2927-son  va “Alskom” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 15 maydagi  13-786-son ma’lumotnomalari). Ushbu metod asosida sug‘urta kompaniyasining moliyaviy holati bo‘yicha foydalanilmagan yoki foydalanilgan imkoniyatlar topilgan va ular miqdor jihatdan aniqlangan;
funksiyalar ko‘rinishidagi Lagranj interpolyasiya formulasini qo‘llashga asoslangan yangi kompleks prognoz metodi uning nazariy-metodologik bazisi bo‘yicha taklifi “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati va “Alskom” aksiyadorlik jamiyatining istiqbolli biznes rejalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 17 maydagi 18-12/2927-son  va “Alskom” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 15 maydagi  13-786-son ma’lumotnomalari). Mazkur metod sug‘urta kompaniyalari buxgalteriya balansi ko‘rsatkichlari asosida kelgusi davrda erishilishi mumkin bo‘lgan buxgalteriya balansi ko‘rsatkichlarini aniqlanish imkoniyatini bergan;
buxgalteriya balansi ko‘rsatkichlari asosida moliyaviy xavfsizlik va raqobatbardoshlilik indikatorlarining me’yoriy miqdorlarini hisobga olgan holda kompleks retroprognoz tahlil va kompleks prognoz qilishni amalga oshiradigan kompyuter dasturlari “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati va “Alskom” aksiyadorlik jamiyati tomonidan buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti, ichki audit bo‘limi, aksiyalar bilan korporativ munosabatlar va investisiya departamenti, axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish departamentlarining ish yuritish amaliyotida foydalanilgan (“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 17 maydagi 18-12/2927-son  va “Alskom” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 15 maydagi  13-786-son ma’lumotnomalari). Ishlab chiqilgan elektron dasturlar sug‘urta kompaniyalari faoliyatida buxgalteriya balansi ko‘rsatkichlarini kompleks tahlili va baholashni tez, to‘g‘ri va aniq amalga oshiradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish