Xolmamatov Farhodjon Kubaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarining kreditlash amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt727.
Ilmiy rahbar: Karaliev Turaboy Mamatqulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kulliev Istam Yangimurodovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston tijorat banklarining kreditlash amaliyotini takomillashtirishga doir taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida kreditlardan ko‘rilgan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalarining me’yoriy darajadan oshishiga yo‘l qo‘ymaslik va sof foizli marja ko‘rsatkichining barqaror darajasini ta’minlash yo‘li bilan kreditlardan olinadigan foizli daromadlarning tijorat banklarining yalpi daromadi hajmidagi salmog‘ini oshirish taklif etilgan;
jismoniy shaxslarga beriladigan chakana kreditlar miqdorini oshirish yo‘li bilan tijorat banklari kredit portfelining diversifikatsiya darajasini oshirish taklif qilingan;
jismoniy shaxslarni kreditga layoqatliligini skoring tahlil usulida baholash mezoni sifatida “qarzni qoplash ko‘rsatkichi”ni kiritish taklif etilgan;
tijorat bankida bitta soha yoki tarmoqqa berilgan kredit limitini o‘rnatish asosida kredit portfelini diversifikatsiyalash takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklarining kreditlash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarida kreditlardan ko‘rilgan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalarining me’yoriy darajadan oshishiga yo‘l qo‘ymaslik va sof foizli marja ko‘rsatkichning barqaror darajasini ta’minlash yo‘li bilan kreditlardan olinadigan foizli daromadlarning tijorat banklarining yalpi daromadi hajmidagi salmog‘ini oshirish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2019 yil 17 maydagi 08-1-01-15/473-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga qo‘llash natijasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB yalpi daromadi hajmida kreditlardan olingan foizli daromadlarning ulushi 8,1 foizli punktga oshgan;
jismoniy shaxslarga beriladigan chakana kreditlar miqdorini oshirish yo‘li bilan tijorat banklari kredit portfelining diversifikatsiya darajasini oshirish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2019 yil 17 maydagi 08-1-01-15/473-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan jismoniy shaxslarga berilgan chakana kreditlar miqdori 2017 yilda 2016 yilga nisbatan 2,7 martaga oshgan;
jismoniy shaxslarni kreditga layoqatliligini skoring tahlil usuli yordamida baholash mezoni sifatida qarzni qoplash darajasi ko‘rsatkichini kiritish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2019 yil 17 maydagi 08-1-01-15/473-son ma’lumotnomasi). Bunda oilaning bir oylik barcha umumiy daromadlaridan bir oylik barcha xarajatlarini chegirib tashlagandan keyingi qoladigan sof daromadni qaytarish jadvali bo‘yicha bir oylik to‘lov summasiga nisbati sifatida aniqlash taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida kreditlash va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshirish Tartibi”ni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
tijorat banklari tomonidan bitta sohaga va bitta tarmoqqa beriladigan kreditlarning ilg‘or xorij tajribasi asosida limit o‘rnatish va ushbu limitga qat’iy rioya etish yo‘li bilan banklar kredit portfelining optimal diversifikatsiya darajasini ta’minlash taklifi “Qishloq-qurilishbank” ATB amaliyotga qabul qilingan (“Qishloqqurilishbank” ATBning 2019 yil 17 maydagi 08/34-014154-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif ATB “Qishloq qurilish bankining 2017 yilga mo‘ljallangan kredit siyosatini ishlab chiqishga xizmat qilgan.