Sayt test rejimida ishlamoqda

Azizkulov Baxtiyor Xushvaktovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxtachilikda agrotexnik tadbirlar iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari», 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt282.
Ilmiy rahbar: Qudratov G‘ayratilla Hikmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Murtazoev Olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Shermatov Odiljon A’zamjonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot nomi:  O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida paxtachi-likda agrotexnik tadbirlar iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtachilikda agrotexnik tadbirlar iqtisodiy samaradorligini baholashning tabiiy iqlim xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mintaqalar kesimida tabaqali hisoblash usullari tavsiya etilgan;
paxta ekin maydonlarini sug‘oriladigan erlarni bonitet bali, suv ta’minoti, tuproqning sho‘rlanish darajasi va sizot suvlari sathining yaqinligi omillarini hisobga olgan holda joylashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
mintaqalar tabiiy-iqlim xususiyatlaridan kelib chiqqan holda paxta ekin maydon-larini joylashtirish va agrotexnik tadbirlar samaradorligini oshirish bo‘yicha  2020–2030 yillarga mo‘ljallangan prognozi ishlab chiqilgan;
Samarqand viloyatida agrotexnik tadbirlar iqtisodiy samaradorligini oshirish asosida paxta xomashyosi etishtirishning 2030 yilgacha bo‘lgan prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxtachilikda agrotexnik tadbirlar iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
paxtachilikda agrotexnik tadbirlar iqtisodiy samaradorligini baholashning tabiiy iqlim xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mintaqalar kesimida tabaqali hisoblash usullari yuzasidan taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tegishli korxona va tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 25 maydagi 02/033-101-son ma’lumotnomasi). Samarqand viloyatida agrotexnik tadbirlar samaradorligini baholashning tabiiy iqlim xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mintaqalar kesimida tabaqali hisoblash usulini qo‘llash orqali paxta xomashyosini etishtirish bo‘yicha birinchi mintaqaga kiruvchi tumanlarida 2016–2018 yillarda paxta hosildorligi o‘rtacha 20 s/ga bo‘lganda 5131,7 mln. so‘m zarar bilan yakunlanganligi, jami xarajatlarni esa daromadga nisbatan 1,04 martaga oshishi, rentabellik darajasining  3,1 foiz pasayishi, ikkinchi mintaqadagi tumanlarda hosildorlik o‘rtacha 23,6 s/ga bo‘lganda 5215 mln. so‘m foyda va rentabellik darajasini 4,6 foiz hamda uchinchi mintaqadagi tumanda esa hosildorlikning o‘rtacha 24,1 s/ga tashkil etganda foyda 384,3 mln. so‘mni va rentabellik darajasi 5 foizga teng ekanligi asoslangan;
paxta ekin maydonlarini sug‘oriladigan erlarni bonitet bali, suv ta’minoti, tuproqning sho‘rlanish darajasi va sizot suvlari sathining yaqinligi omillarini hisobga olgan holda joylashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tegishli korxona va tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 25 maydagi 02/033-101-son ma’lumotnomasi). Paxtachilikda qulay sug‘orish tarmoqlari mavjud bo‘lgan va tuproq unumdorligi 60 balldan yuqori erlar o‘rtacha  50 foizni, suv ta’minoti nisbatan yaxshi bo‘lmagan va asosan nasoslar yordamida sug‘oriladigan paxta maydonlari 40 foizni, ekin maydonlari tuprog‘i o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan hamda suv tanqisligi sezilib turadigan, paxta maydonlari salmog‘i 10 foizni tashkil etganlik me’zonlaridan kelib chiqqan holda paxta ekin maydonlarini joylashtirish orqali nisbatan kam xarajat qilib, yuqori hosil olish mumkinligi asoslangan;
mintaqalar tabiiy-iqlim xususiyatlaridan kelib chiqqan holda paxta ekin maydonlarini joylashtirish va agrotexnik tadbirlar samaradorligini oshirish bo‘yicha  2020–2030 yillarga mo‘ljallangan prognozi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tegishli korxona va tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 25 maydagi 02/033-101-son ma’lumotnomasi). Mintaqalar tabiiy-iqlim xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, paxta ekin maydonlarini joylashtirishda er sharoitlari talab darajasida bo‘lgan hududlarda “paxta-g‘alla-beda” ekinlarini almash-lab ekish tizimini joriy etish orqali agrotexnik tadbirlar samaradorligini oshirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan prognozi ishlab chiqilgan;
Samarqand viloyatida agrotexnik tadbirlar iqtisodiy samaradorligini oshirish asosida paxta xomashyosi etishtirishning 2030 yilgacha bo‘lgan prognozi yuzasidan taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tegishli korxona va tashki-lotlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 1 maydagi UB-5-1/10-20-708-son ma’lumotnomasi). Samarqand viloyati paxtachiligida 1991-2018 yillar mobaynida agrotexnik tadbirlarni bajarish uchun talab etiladigan resurslar sarfini ko‘p omilli korrelyasion-regresion bog‘liqlik orqali aniqlanib, paxta hosildorligini o‘rtacha 35 s/ga oshirish hamda mehnat va moddiy resurslardan samarali foydalanish asosida sarf-xarajatlarni 20–25 foiz tejash hisobiga rentabellik darajasi 30 foizga o‘sishini inobatga olgan holda 2030 yilgacha bo‘lgan prognozi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish