Samieva Gulnoza Toxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dehqon xo‘jaliklarida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash yo‘nalishlari», 08.00.04-Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt144.
Ilmiy rahbar: Ergashev Raxmatulla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Chariev Qurbon Amirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Rashid Xamdamovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash orqali dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dehqon xo‘jaligi va tomorqa er egalariga xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish maqsadida ixtisoslashgan “Ta’minot-servis xizmati” sub’ektlarini tashkil etish asoslangan;
davlat-xususiy sherikligidagi “Dehqon xo‘jaliklari uyushmasi”ni tashkil etish asosida dehqon xo‘jaligi va tomorqa er egalari faoliyatini muvofiqlashtirish tavsiya etilgan;
dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari salohiyatini yanada oshirish imkoniyatini hisobga olgan holda 2019–2022 yillargacha bo‘lgan rivojlantirish prognozi ishlab chiqilgan;
Qashqadaryo viloyatida dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalarida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash imkoniyatlaridan foydalanish hisobiga 2020–2024 yillargacha bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dehqon xo‘jaliklarida mahsulot ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va takomillashtirishga bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dehqon xo‘jaliklari faoliyatida “Ta’minot-servis xizmati”ni tashkil etish asosida xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 22 yanvardagi 02/020-14-son ma’lumotnomasi). Bunda dehqon xo‘jaliklariga axborot-konsalting xizmatini ko‘rsatish, erga ishlov berish, ekin ekish, chorva mollari va parrandalar uchun zarur vositalar haqida ma’lumot berish, urug‘lik, zotdor mollar, mineral o‘g‘itlar, pestisidlar etkazish, shuningdek, veterinariya, tegirmon va juvoz remonti xizmatini tashkil etish kabi masalalarni hal etishga xizmat qilgan;
“Dehqon xo‘jaliklari uyushmasini” tuzish asosida mahsulotlarni etishtirish, qayta ishlash va sotish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 22 yanvardagi 02/020-14-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalarni joriy etish dehqon xo‘jaliklarida ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini 20–25%ga oshirishi asoslangan;
dehqon xo‘jaliklarida nooziq-ovqat mahsulotlari etishtirish orqali qo‘shimcha daromadlar yaratish imkoniyatlari haqidagi tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 22 yanvar- dagi 02/020-14-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalar intensivlashtirish, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari etishtiruvchi dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish hisobiga ular daromadining 4,6 baravar oshirish imkonini berishi asoslangan;
dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari ixtiyoriga berilayotgan er maydonlarini kengaytirish, ularning salohiyatini yanada oshirish imkoniyatini hisobga olgan holda 2019-2022 yillargacha bo‘lgan rivojlantirish prognozi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 22 yanvardagi 02/020-14-son ma’lumotnomasi). Ushbu bashoratga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarida dehqon xo‘jaligi mahsulotlarining miqdori diversifikatsiya qilish hisobiga 2022 yil 2018 yilga nisbatan 1,76 barobarga oshishi, dehqon xo‘jaliklari soni 1,16 barobarga oshishi kutilmoqda.