Xo‘jamurodov Asqarjon Jalolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida fond bozori infratuzilmasini takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt217.
Ilmiy rahbar: Xamidulin Mixail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, DSc.27.06.2017.16.03.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xusanov Nodir Jumaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida fond bozori infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori darajadagi boshqaruv idoralari huzuridagi fond bozorini tartibga solish bo‘yicha megaregulyator faoliyatini joriy etish asosida fond bozori infratuzilmasini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi takomillashtirilgan;
infratuzilma obligatsiyalari emissiyasining amaldagi tartibini keyingi uch yilda moliyaviy holatning ijobiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi hamda auditorlik xulosalari bilan tasdiqlanishiga oid talablarni faqat oxirgi bir yil uchun qo‘llash orqali soddalashtirish taklif etilgan;    
aksiyadorlik jamiyatlari qimmatli qog‘ozlarini fond birjasida sotishda emitent sof foydasining o‘sib borish tendensiyasiga ega bo‘lishi sharti ijobiy moliyaviy natijaning mavjud bo‘lishi bilan almashtirish orqali takomillashtirilgan;
aksiyadorlik jamiyatlari umumiy yig‘ilishi va kuzatuv kengashi majlislarida aksiyadorlarning shaxsini aniqlash va axborot xavfsizligini ta’minlagan holda masofadan turib elektron ovoz berish tartibi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida fond bozori infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
yuqori darajadagi boshqaruv idoralari huzuridagi fond bozorini tartibga solish bo‘yicha megaregulyator faoliyatini joriy etish asosida fond bozori infratuzilmasini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklif qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdo tizimi hisoblangan «Elsis-Savdo» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan («Elsis-Savdo» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 29 yanvardagi 147-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida moliya bozorini o‘rta va uzoq muddatda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
infratuzilma obligatsiyalari emissiyasining amaldagi tartibini keyingi uch yilda moliyaviy holatning ijobiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi hamda auditorlik xulosalari bilan tasdiqlanishiga oid talablarni faqat oxirgi bir yil uchun qo‘llash orqali soddalashtirish bo‘yicha berilgan taklif qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdo tizimi hisoblangan «Elsis-Savdo» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan («Elsis-Savdo» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 29 yanvardagi 147-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida moliya bozorini o‘rta va uzoq muddatda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan;
aksiyadorlik jamiyatlari qimmatli qog‘ozlarini fond birjasida sotishda emitent sof foydasining o‘sib borish tendensiyasiga ega bo‘lishi sharti ijobiy moliyaviy natijaning mavjud bo‘lishi bilan almashtirish orqali takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklif qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdo tizimi hisoblangan «Elsis-Savdo» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan («Elsis-Savdo» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 29 yanvardagi 147-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida moliya bozorini o‘rta va uzoq muddatda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini tayorlashda qo‘llanilgan;
aksiyadorlik jamiyatlari umumiy yig‘ilishi va kuzatuv kengashi majlislarida aksiyadorlarning shaxsini aniqlash va axborot xavfsizligini ta’minlagan holda masofadan turib elektron ovoz berish tartibi bo‘yicha berilgan taklif «Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi» davlat korxonasi faoliyatiga joriy etilgan («Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi» davlat korxonasining 2018 yil 24 dekabrdagi 1713-son  ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida fond bozoridagi aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishi va Kuzatuv kengashlarining majlisini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar 50 foizga kamaydi, umumiy yig‘ilish qatnashchilari (kvorum) 100 foizga ta’minlandi va aksiyadorlarning vaqti hamda transport  xarajatlarini tejash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish