Arziqulov Muqum O‘ralovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Og‘ir atletikachilarning sport takomillashuvi bosqichidagi mashg‘ulot vositalari va yuklamalari hajmini optimallashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagoika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1/PhD/Ped439.
Ilmiy rahbar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismo¬niy tarbiya va sport universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Abdiev Abdulla Nosirovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Bayazitov Kamil Faritovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sport takomillashuvi bosqichidagi og‘ir atletikachilarning mashg‘ulot vositalari va yuklamalari hajmining optimal nisbatlarini ilmiy asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘ir atletikachilarning sport takomillashuvi bosqichi mashg‘ulotlarini tuzishda ikki kurash musobaqa mashqlari natijasiga yuqori samarada ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar va yuklamalarning hajmlari aniqlangan;
sport takomillashuvi bosqichida shug‘ullanuvchi og‘ir atletikachilar jismoniy tayyorgarligi aniqlanib, tabaqalashtirilgan mashg‘ulot vositalari orqali mashg‘ulot dasturi ishlab chiqilgan;
sport takomillashuvi bosqichidagi og‘ir atletikachilarning jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligi va sport natijalariga samarali ta’sir etuvchi mashg‘ulot vositalari hamda yuklamalari hajmi va shiddatining optimal nisbatlari ishlab chiqilgan;
o‘tkazilagan tadqiqot natijasida sport ustaligiga nomzod sportchilarni tayyorlashning model ko‘rsatkichlari (dast va siltab ko‘tarish uchun jismoniy hamda texnik tayyorgarlik) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Og‘ir atletikachilarning sport takomillashuvi bosqichidagi mashg‘ulot vositalari va yuklamalari hajmini optimallashtirish yuzasidan  olingan ilmiy natijalar  asosida:
og‘ir atletikachilar jismoniy tayyorgarligi aniqlanib, mashg‘ulot vositalari yuklamalarini taqsimlashning optimal variantlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti og‘ir atletika, velosport, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasining og‘ir atletika ixtisosligida tahsil oluvchi talabalari, Respublika ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari maktab-internati, Chirchiq ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari maktab-internati, Urganch ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari maktab-internati og‘ir atletika ixtisosligida tahsil oluvchi o‘quvchilarning o‘quv-mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirli¬gining 2019 yil 9 apreldagi 02-08-08-15-son ma’lumotnomasi). Natija¬da sport takomillashuvi bosqichida shug‘ullanuvchi og‘ir atletikachilarning jismoniy tayyorgarligi 17,3% ga va texnik tayyorgarligi 19,2% ga yaxshilangan;
og‘ir atletikachilarning sport takomillashuvi bosqichi mashg‘ulotlarini tuzishda ikkikurash musobaqa mashqlari natijasiga yuqori samarada ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar va yuklamalarning hajmlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti og‘ir atletika, velosport, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasining og‘ir atletika ixtisosligida tahsil oluvchi talabalari o‘quv-mashg‘ulotlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirli¬gining 2019 yil 9 apreldagi 02-08-08-15-son ma’lumotnomasi). Natija¬da sport takomillashuvi bosqichida shug‘ullanuvchi og‘ir atletikachilarning jismoniy va texnik tayyorgarliklari 15-17% ga yaxshilangan;
og‘ir atletikachilarning jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligi va sport natijalariga samarali ta’sir etuvchi mashg‘ulot vositalari, yuklamalari hajmi va shiddatining optimal nisbatlari o‘quv-mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirli¬gining 2019 yil 9 apreldagi 02-08-08-15-son ma’lumotnomasi). Natijada sport takomillashuvi bosqichida shug‘ullanuvchi og‘ir atletikachilar amaliyotiga joriy etilgan uslubiyat va model ko‘rsatkichlardagi mashqlar majmuasi sportchilarga respublika va xalqaro musobaqalarda 8 ta medalni qo‘lga kiritishga imkon bergan;  
og‘ir atletika ixtisosligidagi o‘quvchilarining o‘quv mashg‘ulotlarida tanlab olingan mashg‘ulot vositalari asosida ishlab chiqilgan uslubiyati Chirchiq ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari maktab-internati hamda Urganch ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining sport takomillashuvi bosqichida shug‘ullanuvchilarga joriy qilingan  (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirli¬gining 2019 yil 9 apreldagi 02-08-08-15-son ma’lumotnomasi). Natijada sport takomillashuvi bosqichida shug‘ullanuvchi og‘ir atletikachilar amaliyotiga joriy etilgan uslubiyat sportchilarga respublika va xalqaro musobaqalarda 7 tadan medalni qo‘lga kiritishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish