Taniberdiev Akmal Abdug‘anievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslari uchun klaster modulini ishlab chiqish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedaogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1055.
Ilmiy rahbar: Xalmuxamedov Rustam Dekanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismo¬niy tarbiya va sport universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxrat Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Soliev Hamidullo Xoshimovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim tizimida “Jismoniy madaniyat va sport” fanini o‘qitish uchun klaster modulini ishlab chiqish va pedagogik tajribada tekshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida jismoniy madaniyat va sport fanini o‘qitishda klaster-modul metodini qo‘llash ahamiyati aniqlangan;
oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalarning (o‘g‘il va qiz) jismoniy (kuch, tezkor-kuch, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik sifatlari) tayyorgarligi ko‘rsatkichlari aniqlangan;
ta’lim muassasalarida “Jismoniy madaniyat va sport” fani bo‘yicha dasturiy va dinamik klaster tuzilmasi ishlab chiqilib, modulli o‘qitishning tarkibiy element-larining qiymat o‘zgarishi aniqlangan;
klaster-modulli o‘qitish uslubini qo‘llash orqali “Jismoniy madaniyat va sport” fani bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkillashtirish metodikasi takomillash¬tirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslari uchun klaster modulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida jismoniy madaniyat va sport fanini o‘qitishda klaster-modul metodini qo‘llashga oid takliflar Guliston davlat universi¬tetining jismoniy tarbiyaga ixtisoslashmagan talabalariga “Jismoniy madaniyat va sport” fanini o‘qitishda qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi¬ning 2018 yil 25 maydagi 89-03-1619-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘g‘il bola talaba¬larning tezlik sifati 13–19% ga, chidamlilik sifati 7–8% ga, qo‘l mushak¬larining kuchi 33%ga, oyoq mushaklarining kuchi 11–13,4% ga, qiz bola talabalarning turgan joyidan uzunlikka sakrash natijalari 16–18 sm ga, 60 m. yugurish natijalari 1,2 soniyaga, 500 m yugurish natijalari 0,45–0,47 soniyaga, tayanchda yotgan holatda qo‘llarni bukib-yozish (gimnastika o‘rindig‘ida tayanchda) natijalari 2,4–3,2 martaga o‘sishiga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalarning jismoniy tayyorgarligi ko‘rsatkichlariga oid takliflar Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining talaba-lariga “Jismoniy madaniyat va sport” fanida qo‘lla¬nilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirli¬gining 2018 yil 25 maydagi 89-03-1619-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘g‘il bolalarning tezlik sifati 15–17% ga, chidamlilik sifati 9–11% ga, qo‘l mushaklarining kuchi 21–23% ga, oyoq mushaklarining kuchi 13–15,5% ga, qiz bolalarda turgan joyidan uzunlikka sakrash natijalari 19–21 sm ga, 60 m yugurish natijalari 1,2–1,8 soniyaga, 500 m yugurish natijalari 0,64–0,72 soniyaga, tayanchda yotgan holatda qo‘llarni bukib-yozish (gimnastika o‘rindig‘ida tayanchda) natijalari 4,2-5,3 martaga yaxshilangan;
dasturiy va dinamik klaster tuzilmasi ishlab chiqilib, klaster-modulli o‘qitishning tarkibiy elementlarining qiymat o‘zgarishi aniqlash bo‘yicha klaster-modul metodi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining talabalarini o‘qitishda qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 16 avgustdagi 89-03-1619-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘g‘il bolalarning tezlik sifati 16–18% ga, chidamlilik sifati 10–12% ga, qo‘l mushaklarining kuchi 23–25% ga, oyoq mushaklarining kuchi 15–17% ga, qiz bolalarda turgan joyidan uzunlikka sakrash natijalari 19–22 sm ga, 60 m yugurish natijalari 1,3–1,9 soniyaga, 500 m yugurish natijalari 0,71–0,86 soniyaga, tayanchda yotgan holatda qo‘llarni bukib-yozish (gimnastika o‘rindig‘ida tayanchda) natijalari 4,9–5,8 martaga yaxshilangan;
klaster-modulli o‘qitish uslubini qo‘llash orqali “Jismoniy madaniyat va sport” fani bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkillashtirish metodikasi Guliston davlat universitetining jismoniy tarbiyaga ixtisos¬lashmagan talabalarini o‘qitishda qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 maydagi 89-03-1619-son ma’lumotnomasi). Natija¬da o‘g‘il bola talabalarning tezlik sifati 14,3–15,4% ga, chidamlilik sifati 6,7–9,8% ga, qo‘l mushak¬larining kuchi 33%ga, oyoq mushaklarining kuchi 10,4–11,5% ga, qiz bola talaba¬larning turgan joyidan uzunlikka sakrash natijalari 19–19,5 sm ga o‘sishiga xizmat qilgan.