Sayt test rejimida ishlamoqda

Rustamov Ramz Rizoqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Geopolitik raqobat sharoitida ma’naviy targ‘ibot sistemasidagi atributiv o‘zgarishlar, muammolar va echimlar», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fal64.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Choriev Sanjar Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Muxtorov Azamat Muxtorovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ma’naviy targ‘ibot sistemasidagi atributiv o‘zgarishlarni, mavjud muammolarni tahlil qilish va ularning echimlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kishilik jamiyati taraqqiyoti davomida ma’naviy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy taraqqiyot paradigmalari o‘zgarishi va manfaatlar to‘qnashuvining keskin tus olishi targ‘ibotning konstruktiv (bunyodkor) va destruktiv (vayronkor) tiplarining yuzaga kelishiga sabab bo‘lgani davr xarakteri orqali aniqlangan;
ma’naviy targ‘ibot sistemasida xolis axborot transformatsiyasining vizual, virtual va ommaviy targ‘ibot vositalar orqali jamoatchilik fikriga effektiv ta’sirining konstruktiv (birlashtiruvchi, etaklovchi, uyushtiruvchi) imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan;
ma’naviyat targ‘ibotchilari kompetentliligi va differensial yondashuvning etishmasligi bir qator ijtimoiy guruhlar (qishloq xo‘jaligi sub’ektlari, maishiy xizmat sohasi, transport, tadbirkorlar, ishsizlar, uy bekalari)ning milliy ma’naviy ta’sirdan begonalashib borayotganligi hodisasi ishonarli argumentlar asosida ochib berilgan;
ma’naviy targ‘ibot ishlarini tematik rejalashtirish targ‘ibot materiallarining mazmunini boyitish va targ‘ibot jarayonlarining izchilligi, sistemaliligi, kompleksliligini ta’minlash omili ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ma’naviy targ‘ibot sistemasining mazmuni, tarkibi va evolyusiyasini o‘rganish, zamonaviy targ‘ibot sistemalarining xususiyatlarini tadqiq qilish asosida:
jahondagi geopolitik kuchlar raqobati bilan zamonaviy targ‘ibot sistemalarining xarakteri o‘rtasidagi dialektik aloqadorlik mavjudligini  ochib berish, zamonaviy targ‘ibot tizimlarining o‘ziga xos jihatlari, maqsad-muddaolari, tarkibiy tuzilishi, moliyaviy resurslari, nazariy-uslubiy ta’minoti, uslublari va usullarini aniqlashga oid nazariy xulosalari 2007–2011 yillarda bajargan OT-F8-022 raqamli “Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri” mavzucidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy va o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligining 2018 yil 6 dekabrdagi 89-03-4242-son ma’lumotnomasi). Natijasida zamonaviy targ‘ibot sistemalari geopolitik kuchlarning maqsad va manfaatlariga mos bo‘lgan g‘oya, ta’limot, ma’lumot, axborot, qarashlarni keng tarqatishga xizmat qilgan;
kishilik jamiyati taraqqiyoti davomida ma’naviy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy taraqqiyot paradigmalari o‘zgarishi va manfaatlar to‘qnashuvining keskin tus olishi targ‘ibotning konstruktiv (bunyodkor) va destruktiv (vayronkor) tiplarini yuzaga kelishiga sabab bo‘lgani va ma’naviy targ‘ibot sistemasida xolis axborot transformatsiyasining vizual, virtual va ommaviy targ‘ibot vositalar orqali jamoatchilik fikriga ijobiy ta’siri haqidagi xulosa va tavsiyalaridan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2018 yil sentyabr` va oktyabr` oylarida “Zamonaviy ma’naviy tahdidlarning mohiyati” va “Dolzarb mavzu” kabi ko‘rsatuv va eshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniya-sining  2018 yil  19 oktyabrdagi  12-15-1432-son ma’lumotnomasi). Mazkur tayyorlangan ko‘rsatuv va eshittirishlar aholini zamonaviy targ‘ibot sistemalarining asl maqsadlaridan voqif etishga xizmat qilgan;
milliy ma’naviy targ‘ibot sistemasining dolzarb muammolarini bartaraf etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar majmuidagi metodologik taklif va tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil uchun mo‘ljallangan ish rejasi  II bo‘lim 16-bandiga ko‘ra “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari va barcha targ‘ibotchilarga mo‘ljallangan uslubiy qo‘llanma,  V bo‘lim 41-bandida qayd etilgan mamlakatimizdagi tinchlik va faravonlik muhitini qadrlashga doir “Ma’naviyatga tahdidlar: muammo va echimlar” nomli risola tayyorlash, VII bo‘limning 51, 52-bandlarida qayd etilgan “Jamiyatdagi, ayniqsa, yoshlarda fuqarolik pozisiyasi va ularning huquqiy madaniyatini oshirishning g‘oyaviy-mafkuraviy mexanizmlarini takomillashtirish”, “Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizm va texnologiyalari” mavzusida amaliy tadqiqotlar olib borish jarayonlarida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 26 dekabrdagi 02/07-1329-18-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalarning qo‘llanilishi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarning ma’naviy-ma’rifiy samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
ma’naviy targ‘ibot ishlarini tematik rejalashtirish targ‘ibot materiallarining mazmunini boyitish va targ‘ibot jarayonlarining izchilligi, sistemaliligi, kompleksliligini ta’minlash omili ekanligi haqidagi nazariy xulosalaridan O‘zbekiston “Milliy Tiklanish demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyati Kengashi 2018 yilga mo‘ljallangan dasturining III.3.2, III.3.12 va IV.2-bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashining  2018 yil  22 noyabrdagi  02-133-son ma’lumotnomasi). Ilgari surilgan nazariy xulosalar, amaliy taklif va metadologik tavsiyalar aholi o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishda samarali xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish