Sayt test rejimida ishlamoqda

Musaev Abdukarim Sulaymanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Rus tili izohli lug‘atlarida fe’l frazeologizmlarning grammatik ishlanmasi», 10.00.04–Evropa, Amerika va Avstraliya halqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil303.
Ilmiy rahbar: Pardaev Abdunazar Saidovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc 27.06.2017.FIL.21.01.
Rasmiy opponentlar: Jusupov Maxanbet, filologiya fanlari doktori, professor; Islamdjanova Xafiza, filologiya fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fe’l frazeologizmlarning tuzilishi, semantikasi va grammatik xususiyatlarini ob’ektiv aks ettirish bo‘yicha hozirgi rus tilining izohli lug‘atlarida fe’l frazeologizmlarni grammatik ifodalashning optimal tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fe’l frazeologizmlarning morfologik tuzilishidagi muhim differensial belgilari, takrorlanuvchanligi, semantik yaxlitligi, eksplisit ichki shakli, variativligi, erkin so‘z birikmalariga nisbatan paradigmatik defektivligi,  ekspressivligi,   stilistik xilma-xilligi kabi turlari aniqlangan;
rus tili izohli lug‘atlarida fe’l frazeologizmlarni taqdimotiga kompleks yondashuvning – lug‘atda fe’l frazeologizmni joylashtirish, vid korrelyasiyasini, fe’l boshqaruvini aks ettirish zarurligi asoslangan;
rus tili izohli lug‘atlarida fe’l frazeologizmlarni bazaviy fe’lning prepozisiya yoki postpozisiyasida, tarkibiy qismlarining leksikografik taqdimotdagi tartibi ularni ob’ektiv ifodalashning muhim omili ekanligi isbotlangan;
rus tili izohli lug‘atlarida fe’l frazeologizmlarining leksikografik taqdimotida sinonimlari, variantlari, defektivligi, stilistik noaniq holatlarda  belgi-tavsif, noaniq ichki shaklli frazeologizmlarda – etimologik tavsifli ma’lumotlar berish zarurligi dalillangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Rus tili izohli lug‘atlarida fe’l frazeologizmlarning grammatik ishlanmasi tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
fe’l frazeologizmlardagi takrorlanish, semantik butunlik, eksplisit ichki shakl, ekspressivlik, idiomatiklik, variativlik, defektivlik va stilistik xilma-xillikning mavjudligi kabi natijalardan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida bajarilgan F1-FA-055746 raqamli “Markaziy Osiyo xalqlari qo‘lyozma yodgorliklarini tadqiq etish, O‘zbekiston shoir va yozuvchilari arxivini ilmiy tavsifi va nashr qilish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 apreldagi 89-03-1402-son ma’lumotnomasi). Natijada frazeologizmlarning takrorlanish, semantik butunlik, eksplisit ichki shakl, ekspressivlik, idiomatiklik, variativlik, defektivlik va stilistik xilma-xillikning mavjudligiga oid xulosalar nazariy muammolarning echimi sifatida xizmat qilgan;
hozirgi rus tili izohli lug‘atlarida frazeologizmlarning, xususan fe’l frazeologizmlarning taqdimoti bo‘yicha olingan xulosalardan Rus madaniyat markazi Jizzax viloyat bo‘limi tomonidan tashkillashtirilgan Rus tili Haftaligida “Izohli lug‘atlar jamiyat hayotida” ilmiy seminarni o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Rus madaniyat markazi Jizzax viloyat bo‘limining 2019 yil 30 iyundagi 14-son ma’lumotnomasi). Natijada frazeologizmlarning, xususan fe’l frazeologizmlarning grammatik o‘ziga xosligi, fe’l frazeologizmlardagi variativ va stilistik xilma-xillikning mavjudligi, ularning leksikografik taqdimoti bo‘yicha xulosalari haftalik mobaynida qatnashchilarning frazeologiya, leksikologiya va leksikografiyaga oid ilmiy bilimlarining oshishiga xizmat qilgan;
hozirgi rus tilidagi fe’l frazeologizmlarning grammatik xossalari va xilma-xilligiga oid materiallardan MUZ 2015–0725140051 raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini boyitishda inglizcha, ruscha, o‘zbekcha frazemalar lug‘atini yaratish va amaliyotga tatbiq etish” mavzusida olib borilgan “Yosh olimlar” amaliy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 apreldagi 89-03-1331-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiq etilgan fe’l frazeologizmlarning o‘ziga xos takrorlanish, semantik butunlik, eksplisit ichki shakl, ekspressivlik, idiomatiklik, stilistik xilma-xillikning, variativligini, grammatik defektivligini izoxli lugatlarda aks ettirish buyicha xulosalar boshlang‘ich sinflarga mo‘ljallangan frazemalar lug‘atini yaratishda asos bo‘lgan;
rus tilining izohli lug‘atlarida fe’l frazeologizmlari taqdimotini optimallashtirish choralariga doir xulosalardan Jizzax viloyati teleradiokompaniya-sining efirga uzatilgan “Gost` v studii” turkum radioeshittirishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Jizzax viloyati teleradiokompaniya-sining 2018 yil 13 apreldagi 01-09/281-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada tadqiq etilgan fe’l frazeologizmlarning o‘ziga xos xususiyatlarining izohli lug‘atlardagi taqdimoti va grammatik ishlanmasi bo‘yicha xulosalar hamda rus tili frazeologik birliklarning o‘zbekcha tarjimalari borasida bildirilgan mulohazalar suhbat davomida asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish